Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Ulug‘bek Baqoyev: «Kuchli jamoaga munosib qarshilik ko‘rsatgan o‘z futbolchilarimga o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman»

Ulug‘bek Baqoyev: «Kuchli jamoaga munosib qarshilik ko‘rsatgan o‘z futbolchilarimga o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman»

Baho:
+ | -

"Buxoro" bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev O‘zbekiston kubogining nimchorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan "Nasaf"ga qarshi o‘yin (3:4) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Guvohi bo‘lganingizdek, bugun qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tdi. «Nasaf» amaldagi kubok sohibi va yuqori maqsadlarga ega bo‘lgan jamoa. Qanotlardan yaxshi harakatlanadi va shu tufayli bugun bosh bilan 4-ta gol o‘tkazib yubordik. Muxlislarga bugungi o‘yin yoqdi deb o‘ylayman. Kuchli jamoaga munosib qarshilik ko‘rsatgan o‘z futbolchilarimga o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman. «Nasaf» jamoasini keyingi bosqich yo‘llanmasi bilan tabriklayman.

— «Buxoro» jamosining maqsadlari qanday?
— Jamoamiz kubokda uzoqroqqa borishni maqsad qilgan edi, endi bor e’tiborimizni ligadagi o‘rnimizni saqlab qolishga harakat qilamiz.

— Ikkinchi davra oldidan bir qator yangi futbolchilar jamoaga jalb qilindi, umuman olganda o‘zingiz istagan barcha futbolchilarni olib keldingizmi?
— Yo‘q. Imkon qadar foydalandik. 70% o‘zim istagan yigitlarni olib keldim. Bu borada reglament ham bor edi. Asosan U-20 o‘yinchilarini olib keldik. Yoshlarga o‘zini ko‘rsatishi uchun imkoniyat beramiz. "Nasaf" klubidan ham 2 nafar yosh o‘yinchilar taklif etildi.

— "Turon" bilan o‘yindagi "Buxoro"dan bugun butunlay boshqa jamoani ko‘rdik. O‘tgan turdagi o‘yindan qanday xulosalar olindi?
— Buxorodagi o‘yinda biz 15-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib harakatlandik. Avvalgi uchrashuvda ham oxirgi daqiqalarda to‘p o‘tkazib yubordik va bugun ham. Jamoamizda konsentrasiya yetishmayapti, bu borada ham ishlar olib boramiz.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 23:51, 01.08.2023.
O'qildi: 1457 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик