Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Shaxmat bo‘yicha jahon kubogi. Hamyurtlarimizning 1/64 final bosqichdagi raqiblari aniq bo‘ldi

Shaxmat bo‘yicha jahon kubogi. Hamyurtlarimizning 1/64 final bosqichdagi raqiblari aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ozarboyjonda shaxmat bo‘yicha jahon kubogiga start berildi. Dastlabki 3 kun davomida ilk saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazildi.

Javohir Sindorov va Nodirbek Yakubboyev raqiblarga qarshi ikkitadan o‘yinda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

Shamsiddin Vohidov va ozarbayjonlik Abdulla Gadimbayli o‘rtasidagi ikki o‘yinda durang qayd etildi. Ular o‘rtasidagi tay-brekda esa mezbon sportchisi g‘alaba qozondi.

Jahon kubogidagi yagona ayol shaxmatchimiz Nilufar Yakubboyeva ham ilk bosqichdayoq muvaffaqiyatsizlikka uchrab, turnirni tark etdi.

Nodirbek Abdusattorov jahon kubogi bahslariga ikkinchi bosqichdan qo‘shiladi.

Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogining 1/64 bosqichida hamyurtlarimizning raqiblari:

Nodirbek Abdusattorov turkiyalik Vahob Sanal bilan;

Javohir Sindorov avstriyalik Markus Ragge bilan;

Nodirbek Yakubboyev vengriyalik Benjamin Gredura bilan kuch sinashadi.

O‘yinlar 2 ta partiyadan iborat va bugun birinchi partiya bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:49, 02.08.2023.
O'qildi: 1465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик