Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Messidan dastxat olgan «Inter Mayami» stadioni farroshi ishdan bo‘shatildi

Messidan dastxat olgan «Inter Mayami» stadioni farroshi ishdan bo‘shatildi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» stadioni farrosh sifatida xizmat qilayotgan xodim Messidan dastxat olgani uchun ishdan bo‘shatildi.

Kolumbiyalik Kristian Salamanka so‘nggi bir yarim yildan buyon Mayamida yashab, stadionda farroshlik qilayotgandi. U Leonel Messini ko‘rib qolib, undan dastxat oldi. Bu ishi uchun u kompaniyadan haydaldi.

«Men avtobuslar to‘xtash joyidagi hududda joylashgan hojatxonani tozalayotgandim. Baxtimga, ko‘cha chiqqan paytimda avtobus keldi va undan o‘yinchilar tusha boshladi. Messi esa eng oxirida avtobusdan tushdi. Men: «Ey, jahon chempioni!», deya baqirdim. U menga qaradi.

Men ishchi formamni yechdim va ichimda Argentina terma jamoasi futbolkasini kiyib olgandim. U mazkur futbolkaga dastxat qo‘ydi.

Keyin esa qo‘riqlash xodimlari kelishdi va meni ishdan bo‘shatishdi. Bu shunga arziydigan ish», – dedi Kristian.

Ma’lumotlarga qaraganda, stadion xodimlariga ish vaqtida klub yulduzlari bilan suratga tushish va ulardan dastxat olish taqiqlangan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:30, 05.08.2023.
O'qildi: 10145 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик