Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Shomurodov: "Kalyari" meni yaxshi qabul qildi, men jamoaning g‘alabasiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman"

Shomurodov: "Kalyari" meni yaxshi qabul qildi, men jamoaning g‘alabasiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman"

Baho:
+ | -

Hujumchi Eldor Shomurodov "Kalyari"da qanday qabul qilingani haqida gapirib, kelasi mavsumdagi umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Asosiy maqsad "Kalyari"ga yordam berish. Ular meni qabul qilishdi. Ular menga ishonishlarini his qilyapman, jamoaga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. Gollar soniga kelsak... Ko‘nglimda bir raqam bor, lekin aytmayman!

Psixologik jihat katta ahamiyatga ega. Men o‘zimni kuchli his qildim, ambisiyalarim bor edi. Men o‘zimni ishonchli his qildim. Mana, "Kalyari"da mening yo‘limni takrorlash uchun barcha sharoitlar mavjud va men bu to‘g‘ri imkoniyat deb hisoblayman: tajribali va tayyor murabbiy, menga ishonadigan klub, ishtiyoqga to‘la yaxshi jamoa. Yig‘inga ko‘plab muxlislar jamoani olqishlash uchun kelishdi. Ular bizga ko‘p yordam berishadi.

O‘tgan yili A Seriyaga qaytish juda yoqimli edi. Jamoada tushunish, ishonch borligini his qilyapman. "Bari"ga qarshi xarakterli o‘yinlar meni ham hayratda qoldirdi va jamoaga kelish imkoniyati tug‘ilganda bu haqda o‘yladim", – dedi Shomurodov Tuttomercatoweb bilan suhbatda.

28 yoshli hujumchi "Roma"dan ijara asosida "Kalyari"ga o‘tdi.

Kiritildi: 15:50, 05.08.2023.
O'qildi: 2945 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик