Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

«Nurafshon» moliyaviy qiyinchilik sabab Birinchi liga bilan xayrlashdi

«Nurafshon» moliyaviy qiyinchilik sabab Birinchi liga bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Buxoroning «Nurafshon» jamoasi moliyaviy qiyinchilik sabab Birinchi ligadan chiqishini bildirib O‘zPFLga xat yo‘lladi. Shu yilning 3 avgust sanasida yozilgan xatga klub direktori Azim Xolov imzo chekkan.

«Nurafshon» 2022 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra O‘FA tomonidan tashkil etilgan pulka musobaqasida g‘olib chiqib, Birinchi ligaga qo‘shilish imkoniyatini qo‘lga kiritgandi. Keyinchalik jamoa Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov kafolati ostida Liga qatnashchilari safiga qabul qilindi.

Birinchi ligadagi debyut mavsumida «Nurafshon» 10 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ochko olishning uddasidan chiqqandi. 5 avgust holatiga ko‘ra buxoroliklar birinchilik turnir jadvalida 17 jamoa orasida 9-o‘rinni egallab turgandi.

“Birinchi liga reglamenti”ning 9.10-bandiga asosan qatnashchilar safidan chetlashtirilgan jamoa shu musobaqa doirasida qancha uchrashuv o‘tkazganidan qat’iy nazar uning barcha natijalari bekor qilinadi. Ogohlantirish va chetlatishlar esa o‘z kuchini saqlab qoladi. Shundan kelib chiqib, «Olimpik-farm», «Sementchi», «Olimpiya», «Shahrixonchi», «Jayxun» kabi jamoalarning ochkosi endilikda 3 taga, «Qumqo‘rg‘on»niki esa 1 taga kamayadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:46, 06.08.2023.
O'qildi: 945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик