"Manchester Siti" jamoasining eng qimmat transferlari bilan tanishamiz.
Xorvatiyalik Yoshko Gvardiol futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylandi - uning transferi shaharliklarga 90 million yevroga tushdi. Biroq bu klub uchun rekord transfer emas. “Stadion.uz” ingliz klubining eng qimmat 5 ta transferini taqdim etdi.
Jek Grilish
Qayerdan: "Aston Villa"
Qachon: 2021 yil
Transfer summasi: 117,5 million yevro
2021 yilning avgustida angliyalik futbolchi "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tdi. Transfer summasi 100 million funt sterlingni (117,5 million yevro) tashkil etdi, bu nafaqat "shaharliklar", balki Britaniya futbol klublari uchun ham rekord hisoblanadi. Shartnoma muddati - 6 yil.
Yoshko Gvardiol
Qayerdan: "RB Leypsig"
Qachon: 2023 yil
Transfer summasi: 90 million yevro
2023 yilning 5 avgust kuni “Siti” Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi transferini e’lon qildi. Bitim 90 million yevroni tashkil qildi. Shu tariqa, Gvardiol bu ro‘yxatda Virjil van Deyk va Xarri Maguayrni ortda qoldirib, tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylandi.
Kevin de Bryuyne
Qayerdan: "Volfsburg"
Qachon: 2015 yil
Transfer summasi: 76 million yevro
2015 yilning 30 avgustida Kevin “Volfsburg”, “Verder” va “Genk” klublarida o‘ynab, Angliyaga qaytdi va “Manchester Siti” bilan shartnoma imzoladi. O‘shanda bu klubning eng qimmat xaridi va Premyer-liga tarixidagi ikkinchi eng qimmat xarid edi - transfer summasi 76 million yevroni tashkil qilgan.
Ruben Diash
Qayerdan: "Benfika"
Qachon: 2020 yil
Transfer summasi: 71,60 million yevro
Portugaliyalik futbolchi 2020 yilning sentyabrida "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tgandi. Transfer summasi 68 million yevroni tashkil qildi. Bundan tashqari, uning sobiq jamoasi himoyachining yangi klubidagi natijalariga ko‘ra qo‘shimcha 3,6 million yevro bonus olishga umid qilishi mumkin.
Rodri
Qayerdan: "Atletiko Madrid"
Qachon: 2019 yil
Transfer summasi: 70 million yevro
2019 yilning iyul oyida "Manchester Siti" ispaniyalik futbolchining shartnomasida yozilgan tovon pulini to‘lagan. Bu 70 million yevroni tashkil etdi. 2023 yilda esa aynan Rodri Chempionlar ligasi finalida "shaharliklar"ning yagona goli muallifi bo‘ldi va o‘z jamoasiga tarixda ilk bor turnirda g‘alaba qozonishiga yordam berdi.