Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mirjalol Qosimov: «Bizga ikkinchi gol yetishmadi»

Mirjalol Qosimov: «Bizga ikkinchi gol yetishmadi»

Baho:
+ | -

Superliga 15-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» – OKMK (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida juda ham sust o‘yin ko‘rsatdik. Ammo taymning qolgan yarim soatida o‘z darajamizni namoyish qildik. Ikkinchi bo‘limda esa golga qadar yaxshi harakat qildik. Tushunarsiz tarzda yana imkoniyatlardan foydalana olmadik. Do‘stlik g‘alaba qozondi. Bizga ikkinchi gol yetishmadi. Hujumchilar masalasida muammolar bor. Umuman, to‘purarlar jadvaliga qarasak, birorta o‘zbek futbolchisini ko‘rmaysiz.

Har bir o‘yin shiddatli o‘tmoqda. «Metallurg» – «Navbahor» va «Paxtakor» – «Neftchi» uchrashuvlari yuqori saviyada o‘tdi. «Turon» ham g‘alaba qozondi. Futbol shunisi bilan ham qiziq. Turnir jadvaliga nazar solsak, juda ham zich ekanini ko‘ramiz. Shunday ekan, bizni avgust va kuzda juda ham qiziqarli bahslar kutib turibdi”, – dedi Qosimov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:20, 06.08.2023.
O'qildi: 953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик