"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvaga rasman yangi shartnoma taklifini yubordi, deb yozdi jurnalist Fabrisio Romano tvitterda. Klub 28 yoshli portugaliyalik yangi shartnoma imzolashiga ishonch bildirmoqda.
Avvalroq Silva "Barselona"da Dembele o‘rnini egallashi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq klub kataloniyaliklar bilan ham, avvalroq qiziqish bildirilgan "PSJ" bilan ham muzokara olib borish niyatida emas.
Portugaliyalik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
2022/23-yilgi mavsumda Silva 54 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.