Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Yaponiya chempionatiga ko‘chib o‘tdi

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Yaponiya chempionatiga ko‘chib o‘tdi

Baho:
+ | -

Fransiyalik mashhur hujumchi Bafetimbi Gomis erkin agent sifatida Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" klubiga o‘tdi.

O‘tgan mavsumni 38 yoshli futbolchi "Galatasaroy"da o‘tkazib, Turkiya chempionatining 23ta o‘yinida 8ta gol urdi. Gomis shuningdek, "Sent-Etyen", "Lion", "Suonsi", "Marsel" va Fransiya terma jamoasidagi o‘yinlari bilan ham tanilgan. Terma jamoa tarkibida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan. Transfermarkt portali hozirda tajribali fransiyalik futbolchini 650 ming yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Kavasaki Frontale" Yaponiyaning to‘rt karra chempioni hisoblanadi. Bu jamoa oxirgi marta 2021 yilda ichki chempionatda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgandi.

Kiritildi: 14:52, 08.08.2023.
O'qildi: 1271 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик