“Barselona” Londonning “Tottenxem” jamoasini ortda qoldirib, o‘rtoqlik kubogi – klub asoschisi Joan Gamper kubogini qo‘lga kiritdi. Finalda eng yaxshi o‘yinchiga beriladigan individual kubok ham mavjud.
Bu safar niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yongga nasib etdi, u garchi u jamoaning to‘rtta golidan birortasini ham urmagan bo‘lsa-da, maydon markazida jamoa o‘yinining tashkilotchisi va dirijyori bo‘lib, hujumchilarni ta’minladi.