Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Mantiqqa munosib yondashuv

Mantiqqa munosib yondashuv

Baho:
+ | -

Jessik Ngankam - quyi Bundesligaga tushib ketgan «Gerta»ning yetakchi futbolchilaridan biri.

Bu hujumchi oldida yangi mavsum CHLda qatnashadigan jamoa safiga qo‘shilish imkoniyati yuzaga kelgandi. Biroq u shunday ajoyib variantdan voz kechdi. Nega, sababi nima? Gap shundaki, Ngankam «Gerta»ning azaliy raqibi «Union»dan taklif oldi. Bu ikki jamoa o‘rtasidagi raqobat ayniqsa, Berlin ichida mislsiz darajaga ko‘tarilganini hisobga olsak, Jessik qarorining ma’nosi o‘z-o‘zidan yuzaga qalqib chiqadi.

Ha, Jessik Ngankam «Gerta»ning birinchi raqamli dushmani sanalgan «Union» libosida maydonga tushishni o‘ziga ep ko‘rmadi. Uning bu boradagi nuqtai-nazariga e’tibor qarating: «Union»ning xizmatimga jiddiy qiziqayotganini ancha oldin bilganman, lekin e’tibor qaratmagandim. Shaxsiy agentim klub transferimni to‘liq xarid qilishga moyilligini aytganida, chamasi 3-4 daqiqa o‘ylanib qoldim: «Hammasiga nuqta qo‘yadigan qaror qabul qilish vaqti keldi». Keyin «Union» libosida o‘ynamasligim, chunki «Gerta»ni chin yurakdan yaxshi ko‘rishimni ayt­dim. To‘g‘ri, tan olaman, shuncha yillik faoliyatimda ilk marta CHLda ishtirok etadigan jamoa e’tiboriga tushganimdan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi». Aytish joiz, Ngankamning «Gerta»da qolishi ehtimoli juda past. Asosiysi, u «Union»ga o‘tmaydi!

Germaniyaga Kamerundan ko‘chib kelgan muhojirlar oilasida tug‘ilgan Jessik aynan «Gerta» tarbiyalanuvchisidir. U Berlin klubi tizimiga 2006 yili, 6 yoshida qo‘shilgan. Asosiy jamoa safidagi debyutini esa 2020 yilning oxirida nishonladi. Jessik shundan buyon «keksa xonim» sharafini 37ta o‘yinda himoya qilib, 6ta gol va 3ta samarali uzatma qayd etdi. To‘g‘ri, orada, ya’ni 2021/2022 yillar mavsumida «Groyter Fyurt»ga ijara kelishuvi asosida yo‘l olib, bu jamoaning 6ta uchrashuvida qatnashdi, o‘z hisobiga 2ta gol va 1ta assist rasmiylashtirdi. 

Darvoqe, Jessik yaqinda Germaniya terma jamoasi tarkibida yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida maydonga tushdi. Faqat nemislar turnirda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi - Angliya, Isroil va Chexiya termalari joy olgan guruhda so‘nggi pog‘onani band etishdi. Ngankam esa xuddi «Borussiya» D. yulduzchasi Yusuf Mukoko kabi isroilliklarga qarshi kechgan bahsda penaltidan foydalanolmadi va turli haqoratlar ummoniga g‘arq bo‘ldi.

Tarixga qarasak, «Gerta» va «Union» o‘rtasida transferlar kamdan-kam kuzatiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1989/1990 yillar mavsumidan buyon Berlinning ikki jamoasi atigi 39 marta o‘zaro «oldi-sotdi»ni amalga oshirgan. Biroq deyarli barcha transferlar o‘smirlar yoki yoshlar toifasida. Buni tushunish qiyin emas - o‘smirlik davri shaharning bitta jamoasidan ikkinchisiga o‘tishda vahimali joyi yo‘q. Xullas, azaliy raqiblar kattalar miqyosida atigi 4ta transferni rasmiylashtirishgan. Jumladan, yarim himoyachi Yulius Kadening 2019 yili «Gerta»dan «Uni­on»ga o‘tgani hozircha oxirgi o‘zaro kelishuv bo‘lib qolmoqda.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:04, 09.08.2023.
O'qildi: 1074 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.