Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Rustam Ashurmatov: «Top-ligalarda o‘ynash orzum yo‘q emas»

Rustam Ashurmatov: «Top-ligalarda o‘ynash orzum yo‘q emas»

Baho:
+ | -

Yangi mavsumdan Rossiya elitasiga qaytgan Qozonning «Rubin» klubi Premyer-liganing 1-turida Moskvada, «Lokomotiv» mehmoni bo‘lgandi.

Jangovar durang (2:2) bilan yakunlangan bahsda tajribali himoyachimiz Rustam Ashurmatov 66-daqiqada - qozonliklar 2:1 hisobida oldinda bo‘lgan paytda yangi kuch sifatida maydonga tushiriladi. Va afsuski, aynan Rustam poylashi kerak bo‘lgan raqibning fransiyalik hujumchisi Vilson Izador o‘yinda muvozanatni tikladi. 2-turda «Ak Bars Arena»dagi «Orenburg» bilan bahsda ham durang natija qayd etildi - 1:1. Unda Rustam maydonga tushmadi. Ana shu o‘yindan oldin terma jamoamiz himoyachisi «Match TV» muxbiri savollariga javob berdi va unda jamoa oldida turgan vazifalar haqida gapirib berdi. Ma’lumot uchun, «Rubin» RPL 3-turida o‘z maydonida Moskvaning «Spartak» jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 19:30da boshlanadi.

- Rossiya Premyer-ligasida «Rubin» oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?

- Vazifalar maksimal. Har bir uchrashuvda g‘alaba uchun o‘ynashimiz shart! Chempionat oxirida vaziyat qanday bo‘lishini ko‘ramiz. Jamoa rahbariyati va futbolchilarda chempion bo‘lish orzusi bor. Bunga erishish uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilamiz.

- Rossiya chempionati bosh sovrinini Qozonga qaytishini qancha kutamiz?

- Uzoq emas, deb umid qilaman.

- Birinchi ligadagi g‘alaba uchun oltin medallarni topshirish marosimi qanday o‘tdi?

- Juda yaxshi. O‘yindan keyin banket uyushtirildi va hammasi yuqori darajada o‘tdi.

- Marosim O‘zbekistondagidan yaxshi o‘tdimi?

- Bu yerda ham yaxshi bo‘ldi.

- Rossiyada keyingi yillarda «Zenit»ni 1-turdan keyinoq chempionlik bilan qutlash an’anaga aylanib qoldi. Bu gal ham shunday bo‘ladimi?

- Tabriklashga hali juda erta. Jamoani tark etgan Malkomsiz ularga ancha qiyin bo‘ladi. Chunki bu futbolchi jamoa yetakchisi edi. Shunday ekan, boshqa jamoalar «Zenit»ning yana chempion bo‘lishiga xalaqit qilishga harakat qiladi. 

- Siz Rossiyaga yulduz bo‘lish uchun keldingizmi? O‘z kuchingizni Yevropada sinab ko‘rish istagi bormi?

- Ayni paytda mening «Rubin» bilan shartnomam bor. Hozir faqat jamoa haqida o‘ylayapman. Asosiysi, boshlang‘ich tarkibda o‘ynash, qolganini esa ko‘ramiz. Albatta, hamma futbolchi kabi menda ham top-chempionatlarda o‘ynash orzusi bor.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 09.08.2023.
O'qildi: 2274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик