Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

O‘zbekiston U23 legionerlari Osiyo O‘yinlarida qantasha oladimi?

O‘zbekiston U23 legionerlari Osiyo O‘yinlarida qantasha oladimi?

Baho:
+ | -

2023 yilning 19 sentyabr - 7 oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasida Timur Kapazde boshchiligidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasi ishtirok etadi. Ushbu turnir FIFA kunlaridan tashqarida o‘tkazilishi munosabati bilan, legioner futbolchilarimiz U23 jamoamizga yordam bera oladimi degan savol tug‘iladi.

Ushbu musobaqaga kela olmasligi hozirdan aniq bo‘lgan o‘yinchi bu - «Lans» markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov. Fransuz klubi tarkibga yangi kelib qo‘shilgan va adaptasiya jarayonini o‘tkazayotgan legionerimizni qo‘yib yubormasligi mantiqan to‘g‘ri qaror.

Yaqindagina Moskvaning SSKA klubi tarkibiga borib qo‘shilgan Abbos Fayzullayevni ham yangi jamoasi qo‘yib yubormasligi deyarli aniq.

Qozonning «Rubin» klubi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev jamoasining ushbu mavsumdagi deyarli barcha o‘yinlarini asosiy tarkibda boshladi. «Rubin» Umaralini qo‘yib yubormasligi aniq.

Nijniy Novgorodning «Pari» klubi asosiy tarkibidan tushib qolayotgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev Osiyo o‘yinlarida qatnashish istagini bildirgan. Barchasi Ibrohimxalil hamda «Pari» bosh murabbiyi Sergey Yuran o‘rtasidagi suhbatda hal bo‘ladi.

Vladikavkazning «Alaniya» klubi hujumchisi Husayn Norchayev zaxira o‘rindig‘ida qolib ketayotganligi bois, uning Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi ehtimoli juda yuqori.

Osiyo o‘yinlarida qatnashishi aniq bo‘lgan yagona legionerimiz bu «Pari»ning yana bir futbolchisi - Ruslan Jiyanov. Rossiya klubi futbolchimizni Osiyo o‘yinlariga qo‘yib yuborish sharti bilan o‘z safiga qo‘shib olgan.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 17:17, 10.08.2023.
O'qildi: 4244 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.