Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" "Liverpul"ga bu kurashda taslim bo‘lmoqchi emas

"Chelsi" "Liverpul"ga bu kurashda taslim bo‘lmoqchi emas

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi "Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo uchun kurashda taslim bo‘lmayapti, uning transferi avvalroq "Liverpul" tomonidan rekord darajadagi 127 million yevroga kelishilgan edi. Jurnalist Jeykob Shtaynbergning xabar berishicha, "ko‘klar" 21 yoshli ekvadorlik futbolchini qo‘lga kiritish umidini yo‘qotmayapti.

"Chelsi" "Liverpul" taklifidan kattaroq pul taklif qiladimi yoki shunchaki unga tenglashtiradimi, hozircha noma’lum. Kaysedoning o‘zi hozir Londonda va kelajagi bilan bog‘liq vaziyat hal qilinishini kutmoqda. Moyses avvalroq “Chelsi” bilan shartnoma shartlarini kelishib olgandi, biroq yarim himoyachi “Liverpul”ga o‘tishga tayyor.

Agar uning transferi amalga oshsa Kaysedo Premyer-liga tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 14:08, 11.08.2023.
O'qildi: 2429 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.