Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/06 05:00 Urugvay 0-1 Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde 0-0 Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr 1-1 Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya 1-5 Belgiya
28/06 02:00 Panama 0-2 Angliya
28/06 02:00 Xorvatiya 2-1 Gana
28/06 04:30 Kongo DR 3-1 O‘zbekiston
28/06 04:30 Kolumbiya 0-0 Portugaliya
28/06 07:00 Jazoir 3-3 Avstriya
28/06 07:00 Iordaniya 1-3 Argentina
28/06 23:59 JAR - Kanada
29/06 22:00 Braziliya - Yaponiya

Adama Traore London klubiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi

Adama Traore London klubiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Londonning "Fulxem" klubi "Barselona"ning sobiq futbolchisi, hozirda erkin agent bo‘lgan Adama Traoreni taklif qilish ustida ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum oxirida ispaniyalik futbolchi "Vulverxempton"ni tark etgandi.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Fulxem" Traorega og‘zaki transfer taklifini bildirgan. Muzokaralar ilg‘or bosqichda. Adama Marko Silva jamoasiga o‘tishga qiziqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Traore "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021/22 yilgi mavsumda futbolchi ijara asosida jamoaga qaytdi, ammo mavsum yakunida "ko‘k-anorranglilar" Adamani doimiy ravishda sotib olishmadi.

Kiritildi: 17:28, 11.08.2023.
O'qildi: 1576 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик