Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/02 00:45 Kalyari 0-0 Lasio
22/02 01:00 Manchester Siti 2-1 Nyukasl
22/02 01:00 Atletiko 4-2 Espanyol
22/02 16:30 Jenoa 3-0 Torino
22/02 18:00 Xetafe 0-1 Sevilya
22/02 19:00 Atalanta 2-1 Napoli
22/02 19:00 Nottingem Forest 0-1 Liverpul
22/02 19:00 Kristal Pelas 1-0 Vulverhempton
22/02 19:00 Sanderlend 1-3 Fulhem
22/02 20:15 Barselona 3-0 Levante
22/02 21:30 Tottenhem 1-4 Arsenal
22/02 22:00 Milan 0-1 Parma
22/02 22:30 Selta 2-0 Malyorka
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina - Piza
24/02 00:45 Bolonya - Udineze
24/02 01:00 Everton - Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves - Jirona

O‘zbekiston futboli byudjet bo‘yicha Osiyoda nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston futboli byudjet bo‘yicha Osiyoda nechanchi o‘rinda?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Terma jamoalarimiz qandaydir muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan bo‘lsa, muxlislarimiz orasida "essiz shuncha ajratilayotgan pullar" qabilidagi gaplarni tez-tez eshitamiz. Hamma narsa nisbiy, shu sababdan, OFK a’zosi bo‘lgan milliy assosiasiyalarning byudjetlarini taqqoslab ko‘ramiz.

1. Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi - 265 mln dollar (2022);
2. Yaponiya futbol assosiasiyasi - 200 mln dollar (2023);
3. Avstraliya futbol federasiyasi - 121 mln dollar (2018);
4. Koreya futbol assosiasiyasi - 120 mln dollar (2023);
5. Xitoy futbol assosiasiyasi - 65 mln dollar (2020);
6. BAA futbol assosiasiyasi - 32 mln dollar (2016);
7. Malayziya futbol assosiasiyasi - 20 mln dollar (2019);
8. Oman futbol assosiasiyasi - 16,7 mln dollar (2020);
9. Butun Hindiston futbol federasiyasi - 16 mln dollar (2023);
10. Singapur futbol assosiasiyasi 14,8 mln dollar (2021);
11. Vyetnam futbol federasiyasi -11 mln dollar (2020);
12. Butun Nepal futbol assosiasiyasi - 5,1 mln dollar (2023);
13. Filippin futbol federasiyasi - 4,7 mln dollar (2021);
14. Indoneziya futbol assosiasiyasi - 4,5 mln dollar (2020);
15. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ≈ 3 mln dollar (2022).

*Eron, Qatar, Iroq haqida ma’lumotlar keltirilmagan.

Oddiy o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkillashtirish misolidagi farqni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Osiyoning Yaponiya yoki Koreya singari yetakchi terma jamoalari o‘z uyiga Lotin Amerikasining o‘rtamiyona terma jamoalarini taklif qiladigan bo‘lsa, ularning to‘liq aviachipta va mehmonxona xarajatlarini qoplash bilan birga, 500 ming - 1 mln. dollar orasidagi summani hisob raqamlariga o‘tkazib berishadi.

O‘zbekiston esa byudjetdan kelib chiqib, bunday isrofgarchilikka yo‘l qo‘ya olmaydi. Shu sababdan ham O‘zbekiston terma jamoasining kuchli terma jamoalarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari, asosan, safarda va terma jamoamizning xarajatlarini mezbon tarafdan to‘liq yoki qisman qoplab berish sharti bilan o‘tkaziladi.

Manba: https://t.me/SamvelKarlenich
Kiritildi: 12:06, 13.08.2023.
O'qildi: 3781 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.