Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Armin Boshnyak: "Bizga omad yetishmadi, ammo kelgusi o‘yinlarda g‘alaba qozonishimizga ishonaman"

Armin Boshnyak: "Bizga omad yetishmadi, ammo kelgusi o‘yinlarda g‘alaba qozonishimizga ishonaman"

Baho:
+ | -

“Andijon”ning chernogoriyalik legioneri Armin Boshnyak yangi jamoasidagi ikkinchi o‘yinida debyut golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

U “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvda chiroyli gol muallifiga aylandi, tezkor gol ko‘rdik. Biroq g‘alaba mezbonlarga nasib qildi va “Andijon” alamli tarzda imkoniyatni boy berdi.

Boshyank esa bir qator savollarga javob qaytardi.

— Armin, debyut golingiz chiroyli chiqdi. Siz buni qanday ta’riflagan bo‘lardingiz?
— Ha, mening debyut golim juda ham ajoyib bo‘ldi. Lekin pozitiv natijaga erisha olmaganimizdan to‘g‘risi afsusdaman.

— Ha, “Andijon” yakunda mag‘lub bo‘ldi. Sizningcha, buning sababi nimada?
— Bu o‘yinda bizga biroz omad yetishmadi. Vaholanki, yaxshi ishladik va qattiq mehnat qildik. Shunga yarasha yaxshi o‘ynadik. Ammo ta’kidlaganimdek, biroz omad yetishmadi.

— Armin, o‘shanda zarba berayotganingizda gol bo‘lishini aniq his qildingizmi yoki tavakkal tepdingizmi?
— Zarba berayotgan chog‘imda to‘p darvozaga kirishini sezib turdim. Ayniqsa, to‘pning yo‘nalishi start olishidanoq sezdim. Lekin jamoadoshlarimga rahmat aytishim kerak. Chunki ular o‘sha vaziyatda menga to‘pni qulay tarzda oshirib berishdi.

— Faoliyatingiz davomida urilgan chiroyli gollar ichida “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvda kiritgan golingiz nechanchi o‘rinda?
— Albatta, bu mening faoliyatimdagi eng sevimli gollarimdan biri bo‘ldi. Chunki bu O‘zbekiston chempionatidagi ilk o‘yinlarimda sodir bo‘ldi va ashaddiy muxlislarimiz qarshisida yuz berdi, bu ajoyib edi. Aytishim mumkinki, yangi klubga qo‘shilgach, bunday debyut golni urish yoqimli. Afsuski, natija ko‘ngildagidek chiqmadi.

— Aslini olganda, taassurotlaringiz qanday? Raqib siz o‘ylaganchalik kuchli ekanmi yoki...
— Bizda juda yaxshi jamoa bor deb o‘ylayman. Fikrimcha, ligadagi istalgan jamoaga qarshi tengma-teng o‘ynab ularni mag‘lubiyatga uchratishga imkoniyatimiz bor. Buguncha bizga omad yetishmadi. Ammo kelgusi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishimizga ishonaman.

— Endi bu o‘yinni unutib keyingi bellashuvga tayyorgarlik ko‘rish lozim, shunday emasmi?
— Albatta, “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinni unutish kerak va keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rib, bizni kutayotgan bellashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:01, 13.08.2023.
O'qildi: 1346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.