Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Denis Korostichenko: «Ajoyib boshlangan ikkinchi davra bilan barchani tabriklayman»

Denis Korostichenko: «Ajoyib boshlangan ikkinchi davra bilan barchani tabriklayman»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko Pro liganing 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Andijon-SGS" klubiga qarshi o‘yin (6:1) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Ilk navbatda barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Ikkinchi davra endi boshlandi, davradagi ilk o‘yinimiz. Muxlislarni ham tabriklayman, ular qo‘lidan kelganicha bizni oldinga chorlab turishdi. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi bo‘limning o‘zida barchasini hal qilishimiz, hisobni yiriklashtirishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda ham yaxshi vaziyatlar yaratdik. O‘yin sifati borasida unchalik ham ko‘nglim to‘lmadi. Yanada yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Yirik hisobda g‘alabaga erishganimiz esa yaxshi, ammo yakunda gol o‘tkazib yuborganimiz yomon holat. Nolga o‘ynashni istagandik. Umuman olganda g‘alabaga loyiq edik.

— Bu mavsum o‘z maydonimizdagi birinchi golni o‘tkazib yubordik.
— Bilmasdim. Aytganingizdan keyin bildim. Uydagi birinchi gol. Ha, nolga o‘ynamoqchi edik. Himoyada yomon o‘ynamayapmiz. Biroq shunday bo‘lib qoldi.

— Birinchi o‘yindagidan ko‘ra «Andijon-SGS» bugun yaxshiroq o‘ynadi, yaxshi vaziyatlar yaratdi. Birga-bir vaziyatlari ko‘proq bo‘ldi. Himoyachilar bugun ko‘proq o‘tkazib yuborishganini qanday baholaysiz?
— Ha, birinchi bo‘limda birga-bir vaziyat bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda ham yana bir vaziyatni eslayman. Himoyachilarimiz bo‘shashdi, deb ayta olmayman. Raqiblar ham vaziyat yaratadi, har doim ularning vaziyat yaratishi uchun imkon bermaslikning iloji yo‘q. Undan tashqari, raqibning tarkibi yoshlardan iborat, ular ko‘p yugurishyapti, hujumda o‘ynashga intilmoqda. Bularning barchasi qanday sodir bo‘lganini ko‘rib chiqamiz. Yigitlar bilan gaplashib olamiz.

— Sime Zuzul uchun bugungi kun omadsiz bo‘ldi, desak bo‘ladimi?
— Bo‘ladi. U shuncha vaziyatlarni ura olmaganligini o‘zim ham tushunmayapman. Birinchi bo‘limda ura olmagan vaziyatlarini oqlash mumkindir, ammo darvoza ustunini poylagan so‘nggi vaziyatini esa oqlab bo‘lmaydi. Darvozabon yotib bo‘lgandi, shunchaki darvozani aniq nishonga olsa bo‘ldi edi. Ha, bugun uning kuni bo‘lmadi. Shunda ham u harakat qildi, gol urishga intildi, urdi ham. Ammo gollari sonini ko‘proq qilib olishi mumkin edi.

— Bugun urilgan 6 golning uchtasini himoyachilar urdi. O‘yin davomida himoyachilarga hujumga ham ko‘proq e’tibor berish ko‘rsatmasi berildimi?
— Yo‘q, unday bo‘lmadi. Pozision futbolda qanot himoyachilarining hujumga qo‘shilishi ham bor. Manuchehr Safarovning goli shunday bo‘ldi. Uzoqdan yugurib keldi va bo‘sh zonaga ochildi. Bunday gollar bo‘lib turadi. Jaloliddin Jumaboyevning birinchi goli standartdan keyin yuzaga keldi. To‘p yo‘qotilgan bo‘lsada, u oxirigacha o‘ynadi va vaziyatni yakunladi. So‘nggi gol esa uning o‘zining tashabbusi bo‘ldi. Oldinga chiqdi va vaziyatni ko‘rib, gol urdi. Ammo bunday ko‘rsatma berilmagandi.

— Boyan Naydenovning holati qanday?
— Hozircha aniq nimadir deb bo‘lmaydi. U umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. U to‘pig‘idan muammo his qilyapti. Uni navbatdagi o‘yinlarga tayyorlayapmiz. Kelgusi bahsni 19-sanada «Aral»ga qarshi o‘tkazamiz. U yerda sun’iy maydonda o‘ynaymiz. Bunday jarohati bilan uni maydonga tushirmasak kerak. U stadionda jarohatini jiddiylashtirib olishi mumkin. «Xorazm»ga qarshi o‘yinga u tayyor bo‘ladi. U birinchi davrani zo‘r o‘tkazdi. Jamoadagi eng yaxshilaridan bo‘ldi. Safga qaytsa jamoaga katta yordami tegadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 06:20, 14.08.2023.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.