Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari: Maksim Shaskix 2 ta o‘yinga chetlatildi

Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari: Maksim Shaskix 2 ta o‘yinga chetlatildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

«Qizilqum» — “Navbahor lochinlari”

O‘zbekiston Superligasining 14-turi doirasidagi «Qizilqum» — “Navbahor lochinlari” uchrashuvida «Qizilqum» klubi murabbiyi Tachmurod Agamurodov “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.23 hamda 16.30-bandlarini buzganligi, ya’ni uchrashuv davomida uchrashuv komissarining ogohlantirishiga qaramay texnik zonani tark etganligi va texnik zonada beyjiksiz harakatlangani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Tachmurod Agamurodovga (Qizilqum) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Buxoro» — «Turon»

Superliganing 14-turi doirasidagi «Buxoro» — «Turon» uchrashuvining 16-daqiqasida «Buxoro» futbol klubi futbolchisi Vsevolod Nixayev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergan.

Shuningdek, o‘yin yakunlangandan so‘ng «Buxoro» futbol klubining muxlislari tomonidan maydon va futbolchilar tomonga turli buyumlar uloqtirilgan. Yelim idishlardan biri to‘p olib beruvchi bolaning boshiga teggani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Vsevolod Nixayevga (Buxoro) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Buxoro» futbol klubiga nisbatan esa jarima intizom chorasi belgilandi. Mazkur holat takrorlangan taqdirda «Buxoro» futbol klubi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

«Andijon» — «Nasaf»

Superliganing 14-turi doirasidagi «Andijon» — «Nasaf» uchrashuvining 61-daqiqasida «Andijon» futbol klubining futbolchisi Sardor Azimov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sardor Azimovga (Andijon) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

OKMK — «Surxon»

Superliganing 14-turi doirasidagi OKMK — «Surxon» uchrashuvida OKMK futbol klubi tahlilchisi Vitaliy Lushachov “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.27-bandlarini buzganligi, ya’ni texnik zonada tamaki mahsulotini chekkani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Vitaliy Lushachovga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Andijon» — «Surxon»

Superliganing 15-turi doirasidagi «Andijon» — «Surxon» uchrashuvining 26-daqiqasida «Surxon» futbol klubi futbolchisi Behruz Shaydulov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining son qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Behruz Shaydulovga (Surxon) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Metallurg» — “Navbahor lochinlari”

Superliganing 15-turi doirasidagi «Metallurg» — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 88-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi Abror Ismoilov yon hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra,Abror Ismoilovga (Navbahor lochinlari) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Paxtakor» — «Neftchi»

Superliganing 15-turi doirasidagi «Paxtakor» — «Neftchi» uchrashuvining 52-daqiqasida «Paxtakor» futbol klubi bosh murabbiyi Maksim Shaskix bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Maksim Shaskixga (Paxtakor) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
 
Pro liga

«Xorazm» — «Yunired»

Pro liganing 12-turi doirasidagi «Xorazm» — «Yunired» uchrashuvining 76-daqiqasida «Yunired» klubi futbolchisi Diyor Qahramonov to‘psiz vaziyatda qo‘l qismi bilan raqib o‘yinchisiga zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Diyor Qahramonovga (Yunired) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Birinchi liga

«Olimpiya» — “Nasaf farm”

Birinchi liganing 11-turi doirasidagi «Olimpiya» — “Nasaf farm” uchrashuvining 59-daqiqasida “Nasaf farm” jamoasi futbolchisi Shohruz Ismatov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Shohruz Ismatovga (Nasaf farm) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati

“Olimpik U-21” — “So‘g‘diyona U-21”

U-21 chempionatining 15-turi doirasidagi “Olimpik U-21” — “So‘g‘diyona U-21” uchrashuvining 90-daqiqasida “So‘g‘diyona U-21” jamoasi murabbiyi Ulug‘bek Boqiyev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ulug‘bek Boqiyevga (So‘g‘diyona U-21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Turon U-21” — “Nasaf U-21”

U-21 chempionatining 15-turi doirasidagi “Turon U-21” — “Nasaf U-21” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Nasaf U-21” jamoasi futbolchisi Bekjon Jo‘raboyev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Bekjon Jo‘raboyevga (Nasaf U-21) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

U-19 chempionati

“Aral U-19” — “Yunired U-19”

U-19 chempionatining 12-turi doirasidagi “Aral U-19” — “Yunired U-19” uchrashuvining 58-daqiqasida “Yunired U-19” jamoasi futbolchisi Iskandar Mallayev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Iskandar Mallayevga (Yunired U-19) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Ayollar Oliy ligasi

“Buxoro W" — “Paxtakor W"

Ayollar Oliy ligasining 12-turi doirasidagi “Buxoro W" — “Paxtakor W" uchrashuvining 19-daqiqasida “Buxoro W" jamoasi futbolchisi Iroda Aliqulova hamda “Paxtakor W" jamoasi futbolchisi Umida Xatamova o‘zaro janjallashib, bir-birlariga zarba berganliklari qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, ularning har ikkisiga nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“OKMK W" — “Sevinch W"

Ayollar Oliy ligasining 12-turi doirasidagi “OKMK W" — “Sevinch W" uchrashuvining 71-daqiqasida “OKMK W" jamoasi futbolchisi Munisa Giyasova hamda “Sevinch W" jamoasi futbolchisi Malika Burxanova o‘zaro janjallashib, bir-birining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, ularning har ikkisiga nisbatan 4 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, og‘ir–vazmin va professional bo‘lishga chaqiramiz. Shu o‘rinda Sizlar o‘sib kelayotgan yoshlar uchun o‘rnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o‘tamiz!

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:39, 15.08.2023.
O'qildi: 2751 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.