"Yuventus" yarim himoyachisi Enso Barrenechea faoliyatini "Frozinone"da davom ettiradi. 22 yoshli argentinalik yangi jamoaga 2024 yilning yoziga qadar ijara asosida qo‘shildi.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 900 ming yevroga baholamoqda. U avvalroq "Syon" va "Nyuells Old Boyz" klublarida o‘ynagan.