Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mitrovich o‘rnini "Arsenal" hujumchisi to‘ldirishi mumkin

Mitrovich o‘rnini "Arsenal" hujumchisi to‘ldirishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning "Fulxem" klubi o‘z hujumchisi Aleksandr Mitrovichning o‘rniga futbolchi olib kelishga qaror qildi. Eslatib o‘tamiz, serbiyalik forvard Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga o‘tishga bir qadam qolgan.

Saymon Jonsning ma’lumotlariga ko‘ra, jamoa "Arsenal" hujumchisi Folarin Balogunga ko‘z tikishgan, u haligacha o‘ziga yangi jamoa topa olmayapti. Amerikalik futbolchining transferi 58 million yevroga baholanmoqda. Hujumchi "Fulxem" tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Balogun o‘tgan mavsumda "Reyms"da ijara asosida o‘ynagan va Fransiya chempionatida 21 ta gol urgan edi.

Kiritildi: 12:14, 17.08.2023.
O'qildi: 1214 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.