"Napoli" bosh murabbiyi Rudi Garsiya jamoa yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya haqida bir necha so‘z aytdi.
“Kvara hali ham oldinga siljishi mumkin. U to‘pni oyog‘ida ushlab turganda daho bo‘ladi va uni tomosha qilish zavq bag‘ishlaydi”, — dedi Garsiya.
Xvicha Kvarasxeliya o‘tgan yozdan beri "Napoli"da. Gruzin klub uchun 43 ta rasmiy o‘yinda 14 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.