"Union" "Monako" hujumchisi Kevin Folland bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Sky jurnalisti Florian Plettenbergning yozishicha, berlinliklar 31 yoshli germaniyalikning transferi uchun 4 million yevro to‘lagan, yana 1,5 millioni esa bonus sifatida to‘lanishi mumkin.
Folland o‘tgan mavsumda "Monako" safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.













