"Benfika" yarim himoyachisi Anxel di Mariya argentinalik futbol afsonalari Lionel Messi va Diyego Maradona bilan munosabatlari haqida gapirdi.
“Ko‘p yillar davomida eng yaxshilarga yaqin bo‘lish - bu sharaf. Messi bilan munosabatlarim ajoyib, biz birgalikda ko‘p narsaga erishdik. Bu juda katta muvaffaqiyat.
Maradona? Diyego meni doim qo‘llab-quvvatlagan va himoya qilgan. Bu mening kumirim. U mening qalbimda abadiy qoladi", - deya Anxel so‘zlarini keltirmoqda DSports Radio.