Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Serbiyalik darvozabon "Chelsi" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Serbiyalik darvozabon "Chelsi" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Baho:
+ | -

"Nyu-Inglend Revolyushn" jamoasida MLSda o‘ynagan serbiyalik darvozabon Jorje Petrovich Londonning "Chelsi" jamoasiga o‘tishga yaqin turibdi.

Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar berishicha, futbolchi allaqachon Britaniya vizasini olgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Yaqin orada Petrovich "ko‘klar" bilan 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Potensial kelishuv summasi taxminan 14 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Jorje Amerika klubiga 2022 yilda qo‘shilgan. O‘tgan mavsum yakunida Petrovich MLSdagi eng yaxshi darvozabon uchun kurashda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 16:40, 25.08.2023.
O'qildi: 1061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик