Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

Prevyu. “So‘g‘diyona” - “Navbahor”

Prevyu. “So‘g‘diyona” - “Navbahor”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “So‘g‘diyona” (Jizzax) mehmoni bo‘ladi.

Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatlarining Cuperliga (oliy liga)sida o‘zaro 55 marta uchrashishgan. Ushbu o‘yinlarning 26 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 21 ta bahsda zafar quchgan, 8 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 92-62, “Navbahor”foydasiga.

Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 86 ochkoni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, jizzaxliklar hisobida 71 ochko mavjud.

“So‘g‘diyona” – “Navbahor” klublari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1996 yili qayd etilgan. O‘sha yili “lochinlar” Namanganda jizzaxliklar darvozasiga 7 ta javobsiz to‘p kiritishgandi.

Sermahsullik borasida esa 2000 va 2014 yillardagi uchrashuvlar tarixda qolgan.

E’tiborlisi, o‘sha o‘yinlarda darvozalarga to‘qqiztadan gol urilgan.

2000 yili Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 6:3 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, 2014 yili Jizzaxda o‘tkazilgan bahsda “So‘g‘diyona” 5:4 hisobida g‘alaba qozongandi.

Jizzaxda shu paytgacha bo‘lib o‘tgan 27 bahsning 19 tasida mezbonlar g‘alaba qozonib, 4 ta uchrashuvda durangga imzo chekishgan hamda 4 ta bahsda mag‘lubiyatga uchrashgan.

“So‘g‘diyona”ning o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinlaridagi to‘plar nisbati – 45-29, mezbonlar foydasiga.

Ushbu jamoalarning 1-davrada Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsida jamoamiz Milosh Milovich, Oston O‘runov va Shahboz Jo‘rabekovlarning gollari evaziga yirik – 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.   

Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona” – “Navbahor” o‘yini bugun Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” markaziy stadionida soat 19:30 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:16, 26.08.2023.
O'qildi: 677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.