Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Manchester Yunayted"ning mavsum avvalidagi muvaffaqiyatsizligi sabablari haqida

"Manchester Yunayted"ning mavsum avvalidagi muvaffaqiyatsizligi sabablari haqida

Baho:
+ | -

"MYU" yozda davomidagi mavsumoldi bahslarini yaxshi o‘tkazdi. Biroq, mavsum avvali jamoaga yaxshilik olib kelmayapti. Xususan, qimmat futbolchilarning omadsiz harakatlari, jarohatlarning ko‘pligi, transfer masalasidagi kamchiliklar bir bo‘lib, Erik ten Xagga o‘zining asl rejalarini amalga oshirishga qo‘ymayapti. 179 million funtni Andre Onana, Meyson Maunt hamda Rasmus Xyoylunn uchun sarflagach, jamoa yuksalish tomon qadam tashlagandek ko‘ringandi. Biroq, 1 turdagi "Vulvz"ga qarshi o‘ta qiyin g‘alaba, ortidan "Tottenxem"ga hisobda va o‘yinda mag‘lub bo‘lish, hammasi ko‘ngildagidek ketmayotganini ko‘rsatib berdi. Erik ten Xag jamoasi uchinchi turni "Nottingem Forest"ga qarshi o‘tkazadi. Shundan so‘ng esa "qizil iblislar"ning keyingi manzili "Arsenal" stadioni bo‘ladi. Garchand "MYU"da muammolar borligi allaqachon ma’lum bo‘lib ulgurgan bo‘lsada, tez orada mankunianliklar uchun ahvol bundan ham battarroq bo‘lishi mumkin.

Bu borada jamoadagi jarohatlanganlar salmog‘i katta o‘ringa ega. Muhim figuralardan biri bo‘lgan Lyuk Shou lazaryatga qo‘shilgan eng so‘nggi nomlardan biri bo‘ldi. Qolaversa, jamoa ikki turdan beri markaziy hujumchisiz maydonga tushmoqda. 72 million evaziga xarid qilingan Rasmus Xyoylunndagi bel jarohati, 20 yoshli futbolchini APLda o‘ynashdan hali ham to‘sib turibdi. "MYU" hammasini bilgan holda, daniyalikni maydonga qaytarishga shoshilgani yo‘q. Shuningdek, mavsumoldi bahslarida jarohat olgan Tom Xiton, Amad Diallo, Kobbi Meynu va Tirell Malasiyalarning qaytishi ham yaqin orada yuz bermasligi aniq bo‘lib ulgurgan. Shunday vaziyatda Xarri Maguayr, Meyson Maunt va Lyuk Shoular ham safdan chiqdi. Maunt va Shou ikkita turda ishtirok etgandi. Biroq, endi ten Xag "Nottingem" bilan tarkibda rotasiya ishlarini amalga oshirishga majbur bo‘ladi. Aynan jarohatlar sababli niderlandiyalik mutaxassis 21 yoshgacha bo‘lgan jamoadan to‘rtta futbolchini chaqirishga qaror qilgan edi.

Qoniqarsiz natijalar fonida tarkib futbolchilari tomon tanqid toshlari otila boshladi. Bu gaplarning ayrimlarida jon borligini alohida ta’kidlash zarur. Masalan, vingerlar bo‘lmish Alexandro Garnacho hamda Antonilar o‘zlaridan kutilgan o‘yinni ko‘rsatmayotir. Markus Reshford ham (balki) o‘ziga qulay bo‘lgan pozisiyada o‘ynamayotgani sababli, hali birorta gol urmadi. Yarim himoyadagi APLda eng zo‘rlardan bo‘lishi kutilayotgab trio, Maunt, Kazemiro va Fernandeshlarning ishlari ham yurishayotgani yo‘q. Qaytaga, ularning ayrimlari jamoaning muvaffaqiyatsizliklarida ayblanmoqda. Xususan, o‘tgan mavsum qahramonlaridan biri bo‘lgan Kazemironi mutaxassislar maydonda o‘z vazifasini bajara olmaslikda aybladi. "Tottenxem"ga qarshi o‘yin buning dalilidir. APLning 2 turida eng ko‘p, 36 marta dribling orqali dog‘da qoldirilgan futbolchilar, bu aynan "MYU" vakillari ekani ham, vaziyatning nechog‘lik yomon ekanini ko‘rsatadi.

Aytish kerakki, anchagina pul sarflab qo‘yilganiga qaramay, "MYU" tarkibida hali kamchiliklar bisyor. Shulardan biri yarim himoyachiga muhtojlikdir. Transfer oynasi yopilguniga qadar Erik ten Xag o‘zining yana bir sobiq shogirdini olib kelishga harakat qilmoqda. "Qizil iblislar" "Fiorentina" futbolchisi Sofyan Amrabatni o‘zining top-nishoniga aylantirgan. Shuningdek, rahbariyatning Meyson Grinvud borasida chiqargan qarori ham, jamoani yana hujumchi sotib olishga majbur qilishi mumkin. Lekin klub bir qancha futbolchilarini sotmay, yangi xaridlarni qila olmaydi. Bunga Moliyaviy Feyr pley qoidalari yo‘l qo‘ymaydi. Xususan, Maguayrning 30 million funtlik transferi amalga oshmay qoldi. Bu esa jamoaning keyingi harakatlariga salbiy ta’sir qiladi. Tarkibda jarohatlanganlarning ko‘pligi, Erik ten Xagni, aslida sotilishi kerak bo‘lgan Maktominey va Donni van De Bekdan foydalanishga majbur qilishi mumkin.
Vaziyatga umumiy baho berishdan oldin shuni ham unutmasligimiz kerakki, mavsum hali o‘z avvalida turibdi. O‘tgan mavsum ham "MYU" ancha omadsiz start olgan. Agarda hujumchi muammosi bartaraf etilsa, hammasi o‘nglanib ketadi. Negaki, jamoa o‘yinlarda yetarlicha imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Undan foydalanish borasida muammolar bor...

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:01, 26.08.2023.
O'qildi: 2309 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.