"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, 30 yoshli belgiyalik futbolchiga "Roma" da’vogarlik qilmoqda. Rim klubi 5 million yevro to‘lab, hujumchini ijaraga olishga tayyor.
Lukaku o‘tgan mavsumda “Inter” safida ijara asosida o‘ynagandi. U jamoa safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.