"Sheffild Yunayted" hujumchi Kemeron Archer bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
21 yoshli ingliz futbolchisi bilan 4 yillik shartnoma imzolangan. Hujumchi 10-raqam ostida o‘ynaydi.
Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, "Sheffild" futbolchi uchun 22 million yevro (18,5 million funt) to‘lagan.
Archer o‘tgan mavsumda "Midlsbro"da ijara asosida o‘ynadi. 20 ta o‘yinda u 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.