Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Jonson «Tottenxem»ni afzal ko‘rmoqda

Jonson «Tottenxem»ni afzal ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

«Tottenxem» klubi Harri Keyn «Bavariya»ga ketganidan so‘ng yangi hujumchi sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

The Telegraph xabariga ko‘ra, «shporlar» rahbarlari «Nottingem Forest» yetakchilaridan biri Brennan Jonsonning transferiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Xabar qilinishicha, «o‘rmonchilar» uelslik hujumchini 50 million funtga sotishga intilishmoqda, chunki klub moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi mumkin. Avvalroq Jonsonning o‘zi ham yaqinlarini Londonga ko‘chib o‘tishi haqida ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Brennan Jonson 2019 yildan buyon «Nottingem Forest»da o‘ynab kelmoqda. Hujumchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 44ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan. 22 yoshli futbolchining narxi 38 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 16:58, 27.08.2023.
O'qildi: 1072 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик