Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

Superliga. "Qizilqum" - "Paxtakor". Prevyu

Superliga. "Qizilqum" - "Paxtakor". Prevyu

Baho:
+ | -

"Sherlar" Superliganing 18-turida Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo‘lishadi.

Chempionat doirasida jamoalar 47 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol jamoamiz tarafida. 40 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 6 bor raqib bilan durang o‘ynagan va bir marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 133 gol urilib, 27 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Navoiydagi 23 uchrashuvning birortasida "Sherlar" mag‘lubiyatga uchramagan. Mehmonda 19 g‘alaba va 4 durang natija kuzatilgan. Safardagi 8 uchrashuvda jamoamiz yirik hisobda zafar quchgan. O‘tgan mavsumda jamoamiz mehmonda 2:0 hisobida g‘olib bo‘lgan.

Bu jamoalarning 2007 yil Navoiyda o‘tgan bellashuvida O‘zbekiston oliy ligasi tarixidagi eng yirik natija qayd etilgan. O‘shanda "Sherlar" mezbonlar ustidan 11:0 hisobida zafar quchishgan. O‘shanda "Paxtakor" hozirgacha rekord sanalgan yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Bahsni "Paxtakor"dan diskvalifikasiya tufayli Muhammadqodir Hamraliyev, "Qizilum"dan Ifeanyi Ifeanyi o‘tkazib yuboradi.

"Qizilqum" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 29 avgust, seshanba kuni soat 19:30da "Yoshlar" sport majmuasi stadionida boshlanadi.

Kiritildi: 14:39, 28.08.2023.
O'qildi: 1281 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.