"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr jamoada qolishi mumkin, deb xabar beradi Daily Mail.
Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Erik ten Xag 30 yoshli angliyalikni boshqa himoyachilardagi jarohatlar tufayli jamoada olib qoladi. Oldinroq Maguayr "Vest Xem"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Maguayr "Manchester Yunayted"da 2019 yildan beri to‘p tepdi va shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.













