Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya - Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika - Paragvay

«Barsa» o‘z akademiyasidan ajoyib yulduzga ega bo‘ladi

«Barsa» o‘z akademiyasidan ajoyib yulduzga ega bo‘ladi

Baho:
+ | -

Dushanba kuni ertalab Fabrisio Romano «Barselona» muxlislarini xursand qildi, chunki klub ikkinchi jamoada o‘ynaydigan yarim himoyachi Fermin Lopes bilan muzokaralarni boshladi.

Xavi 20 yoshli futbolchidan xursand va hatto uni mavsumoldi AQSH bo‘ylab gastrol safariga ham olib chiqdi, u yerda Lopes o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatdi - zaxiradan maydonga tushdi va o‘rtoqlik klassikosida 1+1 natijani qayd etdi.

Bosh murabbiy Ferminga asosiy tarkibdagi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini va’da qilgan, yarim himoyachi «Vilyarreal»ga qarshi o‘yin yakunida bir necha daqiqani maydonda o‘tkazdi. Ertasi kuni ertalab futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlandi, chunki amaldagi kelishuv keyingi mavsumga qadar mo‘ljallangan.

O‘sha kuni kechqurun Jerar Romero shunday deb yozdi:

«Bugun ertalab Fabrisio Romano bizga bu haqda aytdi va. Ertaga Fermin Lopes «Barsa» bilan yana 4 mavsumga yangi shartnoma imzolaydi. Transfer guru darhol hamkasbining insaydlarini tasdiqladi.

Kataloniyaliklar uchun ajoyib yangilik. Lopes, xuddi Lamin Yamal kabi, Xavining fikricha, haqiqiy yulduzga aylanishi mumkin.

«U iqtidorli futbolchi - u oxirgi pasni qanday chiqarishni biladi, bu unga o‘tgan mavsumda yetishmayotgan narsa edi. U «klasiko»da chap oyog‘i bilan gol urdi, keyin esa o‘ng oyog‘i bilan Ferranga pas berdi, ikkala oyog‘ini ham ishlata oladi. U shuningdek, vingerdan tortib markaziy yarim himoyachigacha bir nechta rollarda o‘ynay oladi. Men uni juda yaxshi ko‘raman. U shaxsiyatga to‘la, ajoyib xarakterga ega - bu juda muhim. Mashg‘ulotlarda buni ko‘rib, unga ko‘p daqiqalar berishim kerakligini angladim. Men unga ishondim», – dedi Xavi.

Fermin «Barsa» uchun birinchi marta «Milan»ga qarshi AQSHdagi so‘nggi turne bahsida qatnashdi va tarkibda asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lishga qodirligini isbotladi. La Masiya aniq yana bir maxsus o‘yinchini ishlab chiqardi va Fermin o‘z belgisini qo‘yishga tayyor. Fermin - markaziy yarim himoyachi, ammo u 10-raqamli yoki vinger sifatida ishlash uchun yetarlicha ko‘p qirralidir. O‘ng oyoqda zarba berishga ko‘proq moyil bo‘lsada, chap oyog‘i bilan bir xil darajada xavflidir - «Real»ga qarshi o‘yinda buni isbotlagan. Fermin o‘tgan mavsumda «Linares» uchun 16 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 13:24, 29.08.2023.
O'qildi: 5834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.