Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

OFK va O‘FA vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi

OFK va O‘FA vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 7-8 oktyabr kunlari yurtimiz qit’a miqyosidagi yana bir muhim tadbirga mezbonlik qiladi.

OFKga a’zo assosiasiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblarining ilk bor o‘tkaziladigan konferensiyasini tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalalarini muhokama qilish maqsadida OFK vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida tashkil etilgan uchrashuvda yurtimiz futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, qit’a miqyosida qo‘lga kiritilayotgan sezilarli yutuqlar e’tirof etildi. Futbolni qo‘llab-quvvatlash, yirik futbol tadbirlariga mezbonlik qilish borasidagi davlat siyosati yuksak baholandi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov OFK rahbarlari va bosh kotiblarining navbatdagi konferensiyasini o‘tkazish kelgusida yirik tadbirlarga mezbonlik qilish yo‘lida ulkan tajriba va imkoniyat berishini, uni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha barcha harakatlar amalga oshirilishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida mazkur yirik tadbirga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi va oldinda turgan vazifalar belgilab olindi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:41, 29.08.2023.
O'qildi: 927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.