Himoyachi Jordi Alba Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
"Inter Mayami" futbolchisi bir necha hafta avval o‘z qarorini Ispaniya futbol federasiyasiga ma’lum qilgan.
34 yoshli Alba "qizil furiya" safida 12 yil davomida to‘p tepdi. U 93 ta o‘yinda maydonga tushib, Yevropa chempionligini qo‘lga kiritib (2012), Millatlar ligasida (2023) g‘olib chiqdi.