Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Jamshid Saidov: «Qizilqum»da jiddiy muammolar yo‘q»

Jamshid Saidov: «Qizilqum»da jiddiy muammolar yo‘q»

Baho:
+ | -

Superliga 18-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» – «Paxtakor» (2:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Futbolchilarga u qadar katta e’tirozim yo‘q. Biz uchta vaziyatda muvozanatni yo‘qotdik. Natijada «Paxtakor» uchta vaziyat yaratdi va uchalasidan foydalanib ketdi. Biz esa o‘zimiz yaratgan imkoniyatlarimizdan etarlicha foydalana olmadik. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular oxirigacha kurashishdi. Boya aytganimdek, ularga katta e’tirozim yo‘q. Agar yomon o‘ynaganimizda e’tiroz bildirishim mumkin edi. Ammo unday emas. Biz oxirgi turgacha harakat qilamiz.

Har doim imkoniyat bo‘ladi va har bir o‘yinchiga o‘sha imkoniyatni beryapmiz. O‘yinchilarni o‘ziga yarasha funksional jihatlari bor. Yana ko‘ramiz.

Har bir o‘yinda ikki xil taktika qo‘llayapmiz. Bizda himoyaviy va hujumkor taktika bor. Biz darhol sxemani o‘zgartirishimiz mumkin. O‘ylashimcha, bu normal holat.

Muzaffarov navoiylik yosh va iqtidorli futbolchi. Undan umidimiz katta. Yaxshi o‘yin ko‘rsatishga intilyapti. Unga imkoniyat beryapmiz va ikkinchi o‘yinida maydonga tushdi. U bilan yana ishlashda davom etamiz.

Jamoamiz qarshi hujum va pozision hujumlar orqali vaziyatlarga ega bo‘lib boryapti. Bir qator holatlarda darvozabon jamoasini gollardan qutqarib qoldi. Bilasizmi, jamoamizda jiddiy muammolar yo‘q. Albatta, muxlislarni to‘g‘ri tushunib turibman, ular haq gapni aytishyapti. Chunki biz chindan oxirgi o‘rindamiz. Yigitlarni o‘zlari ham har bir uchrashuvning ahamiyatini yaxshi his qilib turishibdi. Turnir jadvalidagi holatimiz hammasini aytib turibdi. Har bir uchrashuv biz uchun oxirgi imkoniyatdek. Jamoani g‘alabalarga etaklash uchun maksimal darajada harakat qilyapmiz. Faqat qayerdadir omadimiz chopmayapti. O‘yinlarimizni ko‘ring, qancha imkoniyatlarni yaratyapmiz, lekin gol ura olmayapmiz. Penalti orqali bir nechtasini kiritdik. Ha, penaltidan foydalanayotganimiz ham yaxshi, lekin o‘yindan gol urishda qiynalyapmiz. Vahobovda ikkita qulay vaziyat bo‘ldi. Hozirgi holatda ruhiy bosim bor. Turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqib muxlislar va rahbariyat natija talab qilishyapti va bunga haqlilar”, – dedi Saidov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:23, 30.08.2023.
O'qildi: 876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.