Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

29 avgustning eng muhim transfer yangiliklari bir sahifada. Marhamat, tanishib chiqing.

"Chelsi" himoyachisi "Manchester Yunayted"ga ijaraga beriladi

"Manchester Yunayted" himoyachi Mark Kukurelyani "Chelsi"dan ijaraga oladi, deb xabar beradi The Athletic. Mankunianliklarning asl taklifi - ispaniyalikni mavsum uchun ijaraga olish, biroq ehtimoliy kelishuvning turli parametrlari muhokama qilinmoqda. "Manchester Yunayted" londonliklarga bir yillik ijara uchun atigi 3 million yevro to‘lashga tayyor, "ko‘klar" esa kamida 8 million yevro talab qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda "Chelsi" Kukurelya uchun "Brayton"ga taxminan 65 million yevro to‘lagandi. Ispaniyalik futbolchi bu mavsumda hali Premyer-ligada o‘ynagani yo‘q.

"Bavariya" "Milan"dan iqtidorli himoyachini olib ketadimi?

Calciomercato xabariga ko‘ra, "Bavariya" "Milan" himoyachisi Pyer Kaluluga qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklar 23 yoshli fransiyalik futbolchi haqida ma’lumot so‘ragan. "Milan" Kaluluni sotishdan kamida 30 million yevro olish niyatida. Biroq "rossonerilar" bosh murabbiyi Stefano Pioli fransiyalik futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. Transfermarkt Kaluluni 30 million yevroga baholadi. O‘tgan mavsumda u “Milan” safida barcha turnirlarda 47ta o‘yinda maydonga tushdi. Pyerning “Milan” bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

"Napoli" Xvicha uchun ajoyib sherik topdi

"Napoli" daniyalik yarim himoyachi Yesper Lindstryom bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi. Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, neapolliklar uning ijarasi uchun taxminan 5 million yevro to‘laydilar. Kelishuv keyingi mavsum oxirida 20 million yevroga sotib olishning majburiy huquqini nazarda tutadi. 2022/2023 yilgi mavsumda Lindstryom “Ayntraxt” safida 38ta o‘yin o‘tkazgan va to‘qqizta gol, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining taxminiy bahosi (Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra) 28 million yevroni tashkil etadi.

"Liverpul" yana yangi yarim himoyachi xarid qiladimi?

Jurnalist Tobi Alshaffining xabar berishicha, “Liverpul” “Bavariya” yarim himoyachisi Rayan Gravenberxga asosiy da’vogar bo‘lib qolmoqda. To‘liq transfer bilan ham, ijara bilan ham variant ko‘rib chiqilmoqda. Transfermarkt niderlandiyalik futbolchini 30 million yevroga baholamoqda. Gravenberxning "Bavariya" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. O‘tgan mavsumda 21 yoshli yarim himoyachi "Bavariya" safida Bundesligada 24 ta o‘yin o‘tkazdi, ammo samarali harakat qilmadi.

Feliks uyiga qaytadimi yoki Xavi yoki Kloppning yoniga ketadimi?

AS va Fabrisio Romano Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliksning kelajagiga oydinlik kiritdi. Portugaliyalikning mumkin bo‘lgan karyera variantlari orasida "Barselona", "Benfika" va "Liverpul" bor. Feliksning o‘zi, Romano ta’kidlaganidek, Kataloniya klubida o‘ynashni xohlaydi. Ammo Ispaniya chempionining moliyaviy ahvoli og‘irligi sababli kelishuv amalga oshmay qolishi mumkin. Garchi Feliksning agenti Jorje Mendesh va "Barsa" prezidenti Joan Laporta bu harakatni amalga oshirish uchun qo‘llaridan kelganini qilishmoqda. Muqobil variantlar - "Benfika"ga qaytish va Salohning o‘rniga "Liverpul"ga o‘tish. Feliksning "Atletiko"da qolish ehtimoli eng minimal variant.

"Manchester Yunayted" "Tottenxem" yarim himoyachisini taklif qildi

The Telegraph nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" yarim himoyachi Pyer-Emil Xyoybyergni sotib olishni taklif qilgan. Avvalroq daniyalikning "Atletiko" bilan kelisha olmayotgani xabar qilingandi. "Matraschilar" futbolchi uchun "Tottenxem"ga 35 million yevro to‘lashga tayyor edi, biroq ispan klubi daniyalik bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olmadi. Shuningdek, Xyoybyerg yaqinda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi, u yerda unga bir necha yil davomida 50 million yevro berilar edi. Xyoybyergning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Daniyalikning taxminiy narxi (Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra) 45 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 09:44, 30.08.2023.
O'qildi: 3123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.