Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Superkompyuter YECHLning yangi mavsumi uchun guruh bahsi o‘yinlarini taxmin qildi: "MYU" o‘lim guruhida, "Arsenal" "Barselona" bilan uchrashadi va boshqalar

Superkompyuter YECHLning yangi mavsumi uchun guruh bahsi o‘yinlarini taxmin qildi: "MYU" o‘lim guruhida, "Arsenal" "Barselona" bilan uchrashadi va boshqalar

Baho:
+ | -

"MYU" va "Arsenal"ni YECHLda, sun’iy ongning taxminiga ko‘ra, og‘ir guruh bahslari kutib turibdi. Superkompyuter payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Monako shahridagi YECHLga qur’a tashlash marosimini shu yo‘sinda taxmin qilgan. To‘g‘ri, hali ayrim jamoalar saralash bahslaridan o‘tishi kerak. Shunday bo‘lsada, qurilma ularning eng kuchlilarini tanlab olib, guruhga joylashtirdi. Taxmin qilingan natijalar "MYU" va "Arsenal"ni dahshatlar kutayotganidan dalolat beradi. Bu jamoalarning har biri ikkinchi savatchadan joy olishi belgilangan. "Manchester Yunayted" shunday paytda Keynning "Bavariya"si, "Milan" va "Seltik" bilan to‘qnash kelishi aytilgan.
Mikel Arteta boshchiligidagi to‘pchilar esa "Barselona", "Reynjers" hamda "Galatasaray" to‘sig‘idan o‘tishi talab etiladi.

Amaldagi chempionlar bo‘lmish "Manchester Siti" iyun oyidagi final raqobatchisi "Inter", doimiy guruh raqibi "Shaxtyor" hamda "Real Sosyedad" bilan bahs boylaydi. 20 yil ichida ilk bor turnirga qaytgan "Nyukasl Yunayted" uchun ham yomon xabarlar mavjud. Xususan, bu klub YECHLning 14 karra g‘olibi bo‘lgan "Real", Parij giganti "PSJ" hamda Serbiyaning "Srvena Zvezda" jamoalariga qarshi chiqishiga majbur bo‘ladi.
Boshqa tomonlarda "Napoli" va "Portu" A guruhi yetakchiligi uchun kuch sinashsa, "Sevilya" hamda "Leypsig" ayni shu ishni D guruhida qilishi kerak.

Musobaqa debyutantlaridan bo‘lgan Fransiyaning "Lans" klubi "Feyenoord", "Borussiya Dortmund" hamda "Lasio"ga raqib bo‘ladi. "Union Berlin" esa guruhdan chiqish uchun "Benfika", "Atletiko" hamda "Kopengagen"ga qarshi turishiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, asl qur’a tashlash marosimi 31 avgust kuni Monako shahridagi Grimaldi Forumlar Saroyida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi uchun qur’a esa bir kun o‘tib, juma kuni sodir bo‘ladi.

YECHL yangi mavsumi uchun superkompyuter taxmini:

A guruhi
"Napoli"
"Portu"
"Zalsburg"
"Antverpen"

B guruhi
"Bavariya"
"MYU"
"Milan"
"Seltik"

C guruhi
"PSJ"
"Real"
"Srvena zvezda"
"Nyukasl"

D guruhi
"Sevilya"
"Leypsig"
"Braga"
"Yang Boyz"

E guruhi
"Arsenal"
"Barselona"
"Reynjers"
"Galatasaray"

F guruhi
"Manchester Siti"
"Inter"
"Shaxtyor"
"Real Sosyedad"

G guruhi
"Borussiya Dortmund"
"Feyenoord"
"Lasio"
"Lans"

H guruhi
"Atletiko"
"Union"
"Benfika"
"Kopengagen"

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk

-Қалин ҳарфлар билан ёзилган жамоалар Англия клублари — "МЮ"

-Қия ҳарфлар билан ёзилган жамоалар тахминий саралаш ғолиблари — "Рейнжерс"

Kiritildi: 13:58, 30.08.2023.
O'qildi: 9666 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик