«Yuventus» himoyachisi Leonardo Bonuchchi faoliyatini Germaniyada davom ettiradigan bo‘ldi. U Berlinning «Union» klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Bonuchchi 1 sentyabr kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Ko‘rikda muammo chiqmasa, 36 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi.