Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Azimjon Ahmedov: «Jamoamiz uchun endi har bir o‘yin finalga teng»

Azimjon Ahmedov: «Jamoamiz uchun endi har bir o‘yin finalga teng»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon” o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 31 yoshli tajribali yarim himoyachisi Azimjon Ahmedov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"So‘zim avvalida barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan tabriklayman va ularga Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash yo‘lidagi faoliyatlarida omad yor bo‘lishini tilayman.

Bo‘lajak bahs borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, joriy mavsumda uchta frontda kurash olib borayotgan hamda barcha musobaqalarda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan jamoamiz uchun endi buyog‘iga o‘tkaziladigan har bir o‘yin finalga teng. Albatta, O‘zbekiston kubogi bahslari ham bundan mustasno emas.So‘nggi uchrashuvlarda ijobiy natija qayd eta olmay, muxlislarimizni biroz ranjitib qo‘ydik.SHu bois, bo‘lajak bellashuvda g‘alaba qozonib, ishqibozlarga quvonch ulashgan holda, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Boisi, ta’kidlaganimdek, joriy mavsumda O‘zbekiston kubogini ham qo‘lga kiritishni niyat qilganmiz va inshoolloh, buni uddalaymiz.

Muxlislardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

Ertangi o‘yindan so‘ng, ishqibozlar uylariga yaxshi kayfiyatda qaytishlari uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz", — dedi Azimjon Ahmedov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:59, 03.09.2023.
O'qildi: 1368 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик