Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

APLda eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchilarni bilasizmi? Xoland kuchli 10 likka kirdi

APLda eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchilarni bilasizmi? Xoland kuchli 10 likka kirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland APL 2023/24 yilgi mavsumining 4-turida "Fulxem" bilan kechga uchrashuvda o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi. Norvegiyalik 23 yoshli to‘purar APLga ko‘chib o‘tganiga endigina 1 yil yil bo‘lganiga qaramay xet-triklar sonini 5 taga yetkazib oldi. APLda eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchilar bilan tanishamiz.

9-15 o‘rinlar

Angliya yuqori divizionida Xolanddan tashqari yana bir nechta futbolchilar hisobida 5 tadan xet-trik bor. Ular Raxim Sterling, Rud van Nistelroy, Endi Koul, Ian Rayt, Robin van Persi va Dmitar Berbatov. Ko‘rinib turibdiki, bu ro‘yxatdan faqatgina Sterling va Xolandgina o‘z natijasini oshirishi mumkin.

8-o‘rin

Hozirda faoliyatini Braziliyada davom ettirayotgan Luis Suares Angliyada "Liverpul" safida to‘p tepib yurgan vaqtlarda anchagina gol urib qo‘ygandi. U naq 6 bor APLda xet-trik qayd etishga ulgurgan.

7-o‘rin

Ro‘yxatimizning 7-pog‘onasida angliyalik mashxur to‘purar Ueyn Runi. U "Manchester Yunayted" va "Everton" klublaridagi Angliyadagi faoliyati davomida 7 bor APLda xet-trik qayd etgan.

4-6 o‘rinlar

Bu o‘rinlarda birdaniga 3 ta futbolchi joylashgan. Xarri Keyn, Maykl Ouen va Tyerri Anri Premyer-ligada 8 marta bir o‘yinda raqiblar darvozasiga 3 martadan yo‘l topgan. Keyn bu natijasini yaxshilashi mumkin edi, ammo u yozda "Tottenxem"ni "Bavariya"ga almashdi.

3-o‘rin

Reytingimizning kuchli uchligini Robbi Fauler ochib beradi. "Liverpul" va "Manchester Siti"dagi faoliyati bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan hujumchi Robbi naq 9 bor APLda xet-trik muallifi bo‘lgan.

2-o‘rin

Alan Shirer 11 ta xet-trik bilan bu ro‘yxatda 2-o‘rinni egalladi. Angliyalik mashhur to‘purar "Nyukasl", "Blekbern" va "Sautgempton" muhlislarini o‘z gollari bilan xursand qilgan.

1-o‘rin

Reytingimizning peshqadami - Serxio Aguero. Argentinalik to‘purar hujumchi o‘tgan 2021 yilda yuragidagi muammolar sabab faoliyatini yakunlagandi. U "Atletiko"dan "Manchester Siti" safiga o‘tganidan so‘ng APLda 12 bor xet-trik qayd etgan, ligadagi umumiy gollari soni esa 184 tani tashkil qiladi. Ko‘ramiz, yaqin orada unga yaqinlasha oladigan futbolchi chiqa olarmikin.

Kiritildi: 23:18, 04.09.2023.
O'qildi: 2622 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.