Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Denis Korostichenko: «Menimcha, durang adolatli bo‘ldi»

Denis Korostichenko: «Menimcha, durang adolatli bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Bugun bo‘lib o‘tgan «Dinamo» — «Lokomotiv» uchrashuvidan so‘ng «temiryo‘lchilar» ustozi Denis Korostichenko o‘z fikrlarini bayon etdi.

— O‘yin haqida nima deyishim mumkin, bugun maydonda har ikki jamoa ham kurash olib bordi. Garchi darvozalarga to‘p kiritilmagan bo‘lsada, o‘yin muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun kurashdi.

— «Lokomotiv» bu yil «Dinamo»ga qarshi 3 marta bahs olib borib, birortasida g‘alaba qozona olmadi. Bu haqda nima deya olasiz?
— To‘g‘ri, shunday bo‘ldi, lekin bu yerga faqat uch ochkoni ko‘zlab kelgandik. Eng muhimi, bugungi o‘yindan keyin turnir jadvali peshqadamligini saqlab qoldik. «Dinamo»ga qarshi Pro Liga doirasidagi ikkala bahs durang bilan yakun topdi. Kubokda yutqazib qo‘yganimizga kelsak, u o‘yinda boshqacha rejalarimiz bor edi, ammo o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi.

— Oxirgi paytlarda Superliga o‘yinlarida sizni ko‘p bor stadionda ko‘ryapmiz. Bu kelasi mavsumga hozirdan reja qilayotganingizni bildiradimi?
— Yo‘q. Chunki «Lokomotiv» hali vazifani bajargani yo‘q. Shu bois birdaniga keyingi yilni o‘ylash noto‘g‘ri. Toshkent jamoalaridan Pro Ligada faqat biz qatnashyapmiz, shuning uchun bo‘sh vaqt bo‘ldi deguncha Superliga o‘yinlariga boryapmiz.

— Jamoa Superligaga chiqish vazifasini necha foizga uddaladi deb hisoblaysiz?
— Bu haqda hech narsa deya olmayman. Chunki futbolda oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi. Qolaversa, keyingi turlarda nima ro‘y berishini ham bilmayman. Kutilmaganda «Aral»ga yutqazib qo‘ydik, yoki bo‘lmasa «Dinamo» Andijonda ochko yo‘qotdi. Ko‘ryapsizmi, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz faqat bir narsani o‘ylaymiz, chempionat oxirigacha birinchi o‘rindan tushmaslikni.

— Biroz tanaffusdan so‘ng Boyan Naydenov yana safga qaytdi. Uning o‘yini va holati haqida fikringiz?
— Boyan jarohat olgandi va davolanib yana safimizga qaytdi. Uni oldinroq maydonga tushirishni maqsad qilgandik, biroq Nukusda sun’iy maydonda to‘p tepishga to‘g‘ri keldi. «Xorazm» bilan uydagi o‘yinda esa yuz foiz tayyor emasdi. Bugun esa juda og‘ir uchrashuv bo‘ldi va bunday o‘yinga tezda kirishib ketish oson emas. O‘ylaymanki, Boyan tez orada jismoniy holatini to‘liq yaxshilab keyingi o‘yinga tayyor bo‘ladi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 23:54, 04.09.2023.
O'qildi: 1289 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик