Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 19:00 Nasaf 2-0 OKMK
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta - Komo
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe

Erik ten Xag bilan "sen-men"ga borib qolgan besh futbolchi

Erik ten Xag bilan "sen-men"ga borib qolgan besh futbolchi

Baho:
+ | -

Erik ten Xag o‘z murabbiylik faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarga erishgan. Ammo niderlandiyalik mutaxassis hozirgi holatiga osonlikcha yetib kelgan emas. U o‘tmishda bir nechta shogirdlari bilan "sen-men"ga borishiga to‘g‘ri kelgan. Bunga uning o‘ta talabchan ekani sabab bo‘lgan deyishadi. Quyida ten Xag bilan oralariga sovuqchilik tushgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Jeydon Sancho

Sancho "MYU"ga kelganidan beri, o‘ziga sarflangan 73 millionni oqlay oldi deya olmaymiz. U yaqindagina "Arsenal"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. Buning sababini esa Erik ten Xag hujumchining mashg‘ulotlardagi sustkashligi bilan izohladi. Oradan ko‘p o‘tmay, Sancho o‘z ijtimoiy tarmoqlarida odamlarga aslida bunday emasligini aytib chiqdi. U "MYU"da borini berib, harakat qilayotganini bildirdi. Hali ten Xag Sanchoning javobiga sezilarli reaksiya bildirganicha yo‘q. Ammo, endi 23 yoshli futbolchining "MYU"dagi kelajagi so‘roq ostida qoldi.

Krishtianu Ronaldu

Bu voqeani yaxshi eslasangiz kerak. Erik ten Xag Ronalduni tartib-intizom chorasi sifatida qaydnomalarga kiritmay qo‘yadi. Yoki bo‘lmasa, uni zaxirada qoldira boshlaydi. Bunga javob tariqasida esa Ronaldu o‘sha mashhur intervyusini uyushtirdi. Portugaliyalik Pirs Morganga murabbiyni hurmat qilmasligini, ayrim tarkib futbolchilari ham uni jamoada bo‘lishini istamaganini ochiqladi. Xullas, Ronaldu o‘zini xiyonat qilingandek his qilayotganini aytdi. Oradan ko‘p o‘tmay, u "MYU"dan quvildi.

Zidan Iqbol

Erik ten Xag yosh futbolchi bilan o‘tgan yilgi Avstraliya turida janjallashib qoladi. Iqbol ten Xag ko‘rsatmalarini bajarmaydi. Natijada, u yangi mavsumda birorta bahsda maydonga tushmadi. Garchand, "MYU" o‘tgan mavsum davomida 4 ta turnirda o‘ta uzoqqa bora olganiga qaramay, Iqbolga bir daqiqalik imkoniyat ham berilmadi. Oqibatda, u "Utrext"ga arzimagan summaga sotib yuborildi. Zidan 2022 yilning yozida yangi bitim tuzgan edi. Ammo bir yil o‘tmay u jamoadan ketdi.

Noa Lang

2019 yilgi Niderlandiya kubogida "Ayaks" "Telstar" ustidan g‘alaba qozonadi. O‘shanda Lang gol urgandi. Ammo Erik ten Xag bu futbolchi bilan kelisha olmay qoladi. Negaki, o‘yin davomida Noa Lang murabbiy ko‘rsatmalarini bajarmaydi. Oqibatda, u ishonchdan chiqadi. Shu sababli hujumchi "Bryugge"ga sotiladi. Belgiyada Lang porladi. U shu yozda "PSV" tomonidan xarid qilingan edi. Lang o‘zining "Ayaks"dan ketishi haqida shunday degandi: "U yerda hamma meni yaxshi ko‘rardi, faqat bir odamdan tashqari. O‘sha inson ten Xag edi. Tez orada u meni sotish taraddudiga tushib qoldi. Meni ketishni istamasdim. Ammo murabbiy rejalariga kiritilmaganimni bilgach, bunga majbur bo‘ldim".

Andre Onana

Onana hozir "MYU"dagi eng ishonchli vakillardan biri. Ammo u "Ayaks"dagi davrida ten Xag bilan xafalashgan. Onana 2022 yilda o‘z muxlislari tomonidan tanqidga uchraydi. Ten Xag ham unga ishonmay qo‘yadi. Shu sabab darvozabon Niderlandiya kubogi finalida "PSV"ga qarshi qaydnomaga kiritilmadi. U ko‘p o‘tmay, jamoadan ketadi. Ammo hozir hammasi joyidaga o‘xshaydi. Negaki, Onana Erik ten Xag xohishi bilan "Manchester Yunayted"ga keldi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 10:19, 05.09.2023.
O'qildi: 7769 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.