Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din - Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers - Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr - Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf - Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor - Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn - Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda - Shtutgart
27/11 22:45 Shturm - Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako - Benfika
28/11 01:00 Aston Villa - Yuventus
28/11 01:00 Bolonya - Lill
28/11 01:00 Seltik - Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb - Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul - Real Madrid
28/11 01:00 PSV - Shaxtyor

Ana xolos! «Siti» afsonalari «MYU» libosida, nega?

Ana xolos! «Siti» afsonalari «MYU» libosida, nega?

Baho:
+ | -

The Overlap shousi lavhalaridan birini suratga olish jarayonida Manchester shahrining ikki klubi vakillari bitta studiyada yig‘ilishdi.

«Qizillar»­dan Roy Kin va Gari Nevill, «ko‘klar»dan Mayka Richards va ayol futbolchi Jill Skott. Shou ayni qiziqan pallada «Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi qo‘qqisdan vaqtida Nevilldan yaxshiroq o‘ynaganini aytdi. Natijada jonli bahs boshlanib ketdi...

Mayka Richards ro‘parasidagi Ga-ri Nevillga yuzlandi va hujumga o‘t-di: «Kel, nihoyat, filni qabul qi-laylik - vaqtida sendan yaxshiroq o‘ynaganman. Tan ol». Nevill esa kulimsirab javob berdi: «Hoy, bu juda katta fil, qabul qilish oson emas». Shunda Richards o‘z fikrini suhbatdoshlariga sindirish urinishini davom ettirdi: «Ha, bu men edim, men. Qaysidir mavsumlarda sendan yaxshiroq o‘ynaganman». Shu orada Roy Kin ham musobahaga qo‘shildi va munozaraga o‘z uslubida nuqta qo‘-yishni o‘yladi: «Yo‘q, Garidan yaxshiroq emasding aslo».

Lekin bahs yanada avj ol-di. Ya’ni sobiq futbolchilar o‘rtasida qi-ziqarli dia­log boshlanib ketdi. 

Mayka: - Qaysidir ma’noda yaxshiroq o‘ynaganman. Albatta, shunday!

Roy: - Agar senga jamoa tarkibi nuqtai nazaridan qa-rasak, shunday...

Mayka: - Ha, lekin Nevill ajoyib jamoada bo‘lganini ham hisobga olish kerak. Men esa Sibyerski va David Sommi bilan o‘ynaganman.

Gari: - Kimlar bilan?

Mayka: - Xuddi shunday! Kimlar bilan? 

Roy: - Haqsan, ammo ular ham sen bilan o‘ynashgani haqida xuddi shu gaplarni aytishadi.

Xullas, Roy Kin har ikki tomon vakillarini kuldirish asnosida bahsga o‘z uslubida nuqta qo‘ydi. Darvoqe, «Siti» afsonalari Richards va Jill shouda «MYU» libosida ko‘rinish berishdi. Nega? Hammasi oddiy. Gap shundaki, ular «Manchester derbisi» haqidagi viktorinada «qizil iblislar» vakillariga yutqazishdi. Natijada shartga muvofiq, eng ashaddiy raqib futbolkalarini kiyishga majbur bo‘lishdi. Bahsga qaytsak, Nevillning sportdagi yutuqlari Richardsnikidan ancha salmoqli, albatta. Ammo Mayka shou yaratishda tengsiz. U Britaniya va Amerika teledasturlarida muntazam chiqib turadi, yaqinda esa «Old Trafford»da haqiqiy shou uyushtirdi. Yana bir tomoni, «Siti» va «MYU» futbolchilari yakunda boshqa masalada bir to‘xtamga kelishdi. Ya’ni Kin va Richards baravariga tan olishdi: Nevill - barcha sport teleboshlovchilari orasida asosiy «katta bola». Umuman, sobiq futbolchilarni yangi yo‘nalishda ham birga ko‘rish yoqimli, to‘g‘rimi? 

Mayka Richards bundan oldin APL 1-turidan o‘rin olgan «MYU» - «Vulverxempton» o‘yini (1:0) tanaffusida shou uyushtirdi. Muxlislar yegulik olish uchun endi o‘rinlaridan qo‘zg‘alishgan payt «Old Trafford» maydonida ikki kishi paydo bo‘ldi - Jeymi Rednapp «Liverpul», Mayka Richards esa «Manchester Siti» formasida. Xullas, hozirda teleboshlovchi sifatida faoliyat yuritayotgan sobiq futbolchilar Sky Sports kanalining A League of Their Own shousi doirasida 3tadan penalti tepishdi - o‘ziga xos chellenj. Rednappni davomli hushtakbozlik bilan qarshi olgan «Old Trafford» Richards­ni ham yaxshi «siyladi»: «Sen shunchaki, Gari Nevillning noshud variantisan...». Natijaga kelsak, Jeymi 3ta urinishda ham gol urdi, Mayka aksincha, 3ta penaltini birdek ko‘kka sovurdi. Lekin u bundan ranjimadi, shunchaki, «Siti» futbolkasini yechib tashlab, ichki maykasidagi yozuvni ko‘z-ko‘z qildi: «Nega har doim Miks?» Bu Mario Balotellining o‘sha mashhur xatti-harakatiga ishora, albatta. Eslatma, italiyalik hujumchi 2011 yili «Manchester Siti» safida «Old Trafford»da gol urgan va fanatlarga «Nega har doim men?» (Why always me?) yozuvini ko‘rsatgandi. Yana bir tomoni, Richards chellenjda yutqazgani tufayli «Yunayted» futbolkasini ham egniga oldi. Muxlislarga to‘la «Old Trafford»­da!

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:44, 05.09.2023.
O'qildi: 5205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.