"Brayton" yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida "Barselona"dan ijaraga olgan Ansu Fati yangi klubidagi maqsadlarini aytdi.
"Brayton" bilan ajoyib mavsum o‘tkazmoqchiman. Men jamoa uchun kurashaman, o‘tgan mavsumdagidek Premyer-ligani kuchli 6talikda yakunlashga harakat qilamiz. "Brayton"ga Chempionlar Ligasi zonasiga kirishiga yordam bersam, juda xursand bo‘laman", - dedi 20 yoshli forvard.
Ma’lumot uchun, ingliz klubida Fatini sotib olish imkoniyati yo‘q.