Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Fransiya shaxsiy rekordini o‘rnatdi

Fransiya shaxsiy rekordini o‘rnatdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Didye Desham shogirdlari o‘z darvozasidan birorta ham to‘p o‘tkazib yubormasdan yana bir bor g‘alaba qozonishdi.

"Uch ranglilar" Yevro-2024 saralashida Irlandiya Respublikasini mag‘lub etishdi (2:0). 19 va 48-daqiqalarda Orelyen Tchuameni va Markus Tyuram raqiblar darvozasiga gol urishdi.

Fransuzlar ketma-ket beshinchi o‘yinda g‘alaba qozonishdi - bu terma jamoa uchun shaxsiy rekord, - deya qayd etadi Opta. Qolaversa, jamoa 16 yil ichida birinchi marta ketma-ket beshta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fransiya terma jamoasi 15 ochko bilan saralash guruhida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. Navbatdagi turda amaldagi jahon vise-chempionlari Niderlandiyaga qarshi safarda o‘ynaydi – o‘yin 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 05:58, 08.09.2023.
O'qildi: 1353 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик