Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay - Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

Maguayr va Kaysedoni umumiylikda nima birlashtirib turishini bilasizmi?

Maguayr va Kaysedoni umumiylikda nima birlashtirib turishini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Premyer-liga ko‘p yillar davomida transfer bozorida ancha faol bo‘lmoqda. «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Chelsi» va boshqa jamoalar dunyodagi eng zo‘r iste’dodlar uchun katta mablag‘ ajratishda davom etmoqda.

Har bir mavsum oldidan yangi transfer rekordi o‘rnatiladi. Premyer-ligada so‘nggi yillar davomida eng qimmat transferlar bo‘yicha rekord kimga tegishli?

2019/20 - Xarri Maguayr («Lester Siti»dan «Manchester Yunayted»ga - 80 mln funt)

«Manchester Yunayted» bu ro‘yxatda eng isrofgar klublardan biri hisoblanadi. U tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylandi. O‘zining birinchi mavsumida Maguayr Premyer-liganing barcha 38 o‘yinida maydonga tushdi va Eshli Yang ketganidan keyin klub sardori etib tayinlandi.

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Erik Ten Xag o‘tgan mavsumda «Brayton» va «Brentford»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Maguayrga bo‘lgan ishonchini pasaytirdi. Uning o‘rnini Rafael Varan va Lisandro Martines egalladi.

Angliya terma jamoasida Maguayr o‘z iqtidorini ko‘rsatdi, ammo uni «Yunayted»da to‘liq rivojlantira olmadi. Yakunda Xarri sardorlik lavozimini Bruno Fernandeshga boy berdi.

2020/21 - Kay Xavers («Bayer Leverkuzen»dan «Chelsi»ga - 68 mln funt)

Kay Xavers uchun «Chelsi»dagi tajriba katta rol o‘ynadi. Ammo klub muxlislarining aksariyati 2021 yilgi Chempionlar ligasi finalida «Siti»ga qarshi o‘yindagi g‘alaba goli uchun uning ko‘p xatolarini kechirishdi.

«Ko‘klar» Havers uchun eng yaxshi pozisiyani topish uchun kurashdilar. U zo‘r texnik qobiliyatga ega, ammo barqaror o‘yin ko‘rsata olmadi.

Futbolchi shu yozda 65 million funt evaziga «Arsenal»ga o‘tgan edi. Mikel Arteta undan maksimal darajada foydalana oladimi yoki yo‘qmi, buni ko‘rish kerak, ammo «Chelsi» nemis uchun pullarini qaytarib olishdan xursand bo‘lgandek ko‘rindi.

2021/22 - Jek Grilish («Aston Villa»dan «Manchester Siti»ga - 100 million funt sterling)

Jek Grilish ilk mavsumida sekin start oldi, birinchi mavsumida u 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va ularning hech biri asosiy tarkibda bo‘lmagan.

Biroq 2022/23 yilgi mavsumda Grilish o‘z jamoasining muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynadi va Gvardiola jamoasiga trebl yutishda yordam berdi. U 50 ta o‘yinda maydonga tushdi va eng muhim paytda asosiy tarkibdan joy olishiga murabbiyni ishontirdi. 

O‘tgan mavsum natijalariga ko‘ra Grilish o‘ziga sarflangan pullarni oqladi.

2022/23 - Enso Fernandes («Benfika»dan «Chelsi»ga - 105 mln funt) 

Todd Boeli ko‘plab yangi o‘yinchilarni qabul qilganidan beri «Chelsi» juda yomon davrni o‘tkazdi. Lekin ularning hech biri Enso Fernandesdek qimmatga tushmadi.

Argentina JCH-2022da g‘olib chiqqan va yarim himoyachi turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilganida Fernandes «Chelsi»ning e’tiborini tortgan edi. U ingliz klubiga 2023 yilning yanvarida kelib qo‘shilgandi.

«Chelsi» qiyin kunlarni boshdan kechirdi, ammo Enso kam gol urgan bo‘lsada, o‘z talanti evaziga eng yaxshi futbolchi bo‘lib qolaverdi. Grem Potter ishdan bo‘shatildi, chunki «Chelsi» turnir jadvalining o‘rtalariga tushib ketgandi va Enso endi argentinalik murabbiy Maurisio Pochettino qo‘l ostida o‘sishi kutilyapti.

Fernandes o‘z mahoratini ko‘rsatdi va jamoa bilan sakkiz yarim yillik shartnoma imzoladi, demak u «Chelsi»ga yaxshilab joylashib olish va muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘p vaqtga ega.

2023/24 - Moyzes Kaysedo («Brayton»dan «Chelsi»ga - 115 mln funt)

Moyzes Kaysedoning transfer dostoni Premyer-ligadagi eng dramatik voqealardan biri sifatida tarixga kiradi. «Chelsi» yarim himoyachini butun yoz davomida ta’qib qildi va bir necha bor takliflarni rad etdi, ammo haqiqiy raqobat bo‘lmagani uchun klub buni vaqt masalasi deb hisobladi.

Kaysedo Yurgen Kloppning taklifini rad etdi va «Chelsi»ga o‘tish istagini bildirdi. «Brayton» va «Chelsi» rekord summaga kelishib oldi va futbolchining shaxsiy shartnomasi shartlari muammoga aylanmadi.

21 yoshli yarim himoyachi «Brayton» safida atigi 45 ta o‘yin o‘tkazgan. U sobiq klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisiga aylandi, ularga Yevropa ligasiga yo‘l olishiga yordam berdi.

Kaysedoning «Chelsi»ga moslashib olishi uchun hali vaqti bor.

Kiritildi: 09:15, 08.09.2023.
O'qildi: 1247 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.