Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Karlo Anchelotti: «Futbol evolyusiyasiga o‘z-o‘zidan moslashasiz, baribir»

Karlo Anchelotti: «Futbol evolyusiyasiga o‘z-o‘zidan moslashasiz, baribir»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Italiya chempionati rasmiy matbuot xizmati - Radio TV Serie A jurnalistlari bilan suhbatda asosan xalqaro futbolidagi o‘zgarishlar yuzasidan fikr yuritdi.

Lekin don Karlo Braziliya milliy jamoasiga bog‘liq savolga javob berishdan qochdi: «Spalletti Italiyasi va Anchelotti Braziliyasi o‘rtasida finalmi? Bu ajoyib intervyu bo‘ldi, rahmat...».

Hozirgi holati

- Hamon ishdan zavqlanyapman. Har kuni futbolchilar bilan shug‘ullanish, jamoa uchun yangi yechimlar izlash - maroq. Ishtiyoqim ham oldingidek baland. Binobarin, futbol evolyusiyasiga o‘z-o‘zidan moslashib boraverasiz, faqat yoshingiz o‘zgaradi, xolos.

Kelajagi

- 1 iyulgacha «Real»da ishlashim aniq, lekin qaysi yilgacha? Shunisi noma’lum. 2026 yilgacha? Yo‘q, hali bir to‘xtamga kelmadim.

Ikki davr farqi

- Maydonda bo‘lsangiz, futbolni teranroq his etasiz. «Roma»dagi davr - ajoyib tajriba. Esimda, meni temiryo‘l stansiyasidan olib, klub shtab-kvartirasiga olib borgan taksichiga pul berayotganimni ko‘rib qolgan tiffozilar haydovchini rosa haqoratlashgandi: «Roma» futbolchilari to‘lamaydilar». Keyin bilsam, o‘sha bechora taksichi «Lasio» tarafdori ekan. Ilgari na mobil telefonlar va na PlayStation bor edi. Jamoalarda boshqacha munosabatlarni ko‘rganmiz - mustahkam do‘stlik, mehr-oqibat... Hozir esa hammasiga professional yondashuv bor. 

Mobil telefonlar bo‘yicha taqiq

- Futbolchi mas’uliyatni unutmasligi, uyali telefondan qachon foydalanishni yaxshi bilishi kerak. Aslida tabiatan qandaydir taqiqlarni yoqtirmayman. Faqat futbolchi chegaradan chiqsagina vaziyatga aralashishdan o‘zga choram qolmaydi.

Saudiya Arabistoni futboli

- Arablardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif olmadim. Umuman, «Madrid»da baxtliman va buni hamma biladi.

Joze Mourinyoga munosabat

- Biz bir necha bor uchrashdik, o‘yinlarda yo‘llarimiz kesishdi. O‘rtamizda o‘zaro hurmat-e’tibor bor - bu masofaviy do‘stlik. 

«A» seriyaga ta’rif

- Ispaniyada Italiya chempio­natiga qiziqish katta, chunki katta jamoalar bor. Skudettoni qaysi klub yutadi? Bilmadim. Lekin da’vogarlarni ayta olaman: avvalo, «Napoli», «Milan», «Inter» va «Yuventus», keyin «Roma», «Lasio», «Atalanta», «Fiorentina». Yevrokuboklarsiz qolgan «keksa sinyora» ancha xavfli bo‘lishi mumkin.

Irqchilik illati

- Bu muammo bilan yashash mumkin emas, uni yo‘qotishimiz shart. Quvontirgan tomoni, Vinisius atrofidagi holat yaxshilandi, dastlabki bir necha o‘yinda hech qanday haqorat eshitmadim. Hammasi shunday davom etishidan umidvorman. Aks holda, hakam o‘yinni to‘xtatish huquqiga ega. 

Zamonaviy murabbiylar

- Gvardiola, de Zerbi yoki Arteta kabi o‘yinga katta energiya sarflaydigan, Bordalasdek shogirdlariga kuchli motivasiya beradigan murabbiylarga hurmatim baland. Lekin hech kimni boshqalardan ustun ko‘rmayman.

Ronaldo yoki Ronaldu?

- Braziliyalik o‘z davrida tengsiz edi, portugaliyalik esa oxirgi yillar Messi bilan hukmronlik o‘rnatdi. Umuman, har ikkisi bilan ishlash birdek rohat bag‘ishladi.

Murabbiylik faoliyati yakuni

- Nafaqada baxtli oila boshlig‘i, bobo, sayyoh va tiffozi bo‘lishni xohlardim. Futbol menga ko‘p narsa berdi, ayniqsa, doimiy ish quvonchi uchun qarzdorman.

- Skudettoni qaysi klub yutadi? Bilmadim. Lekin da’vogarlarni ayta olaman: avvalo, «Napoli», «Milan», «Inter» va «Yuventus», keyin «Roma», «Lasio», «Atalanta», «Fiorentina». Yevrokuboklarsiz qolgan «keksa sinyora» ancha xavfli bo‘lishi mumkin.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:58, 08.09.2023.
O'qildi: 1148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.