Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Yamalning "Barselona"dagi dahshatli ko‘rsatkichlarini bilasizmi?

Yamalning "Barselona"dagi dahshatli ko‘rsatkichlarini bilasizmi?

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsumda Kataloniya futbol osmonida Lamin Yamal ismli yulduzi yondi. Yangi mavsumda yosh futbolchi yanada ishonchli harakat qilgan holda Xavi boshchiligidagi "Barselona"ning asosiy yulduzidan biriga aylanmoqda.

Boz ustiga, u Ispaniya terma jamoasiga ham ilk chaqiruvini oldi. Joriy yil 16 yoshni qarshilagan Yamal Gruziyaga qarshi o‘yinda "qizil furiya" safida debyutini amalga oshirdi va terma safida rasmiy o‘yinda ishtirok etgan eng yosh futbolchi bo‘ldi.

Lamin bu mavsum "Barselona" safida 5 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi, ammo hali gol ura olmadi. Ammo kataloniyaliklarning yoshlar jamoasida u bu ishni muntazam ravishda amalga oshirardi.

Diario Sport jurnalistlari Kataloniya klubi tizimida Yamal qancha gol urganini hisoblab chiqdi. Yarim himoyachi ilk bor "Barsa"da 2014 yilda, endigina 7 yoshga to‘lganida o‘ynagan. O‘shandan beri u "ko‘k-anorranglilar"ning turli yoshdagi jamoalarida 249 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan va bu o‘yinlarda 357 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan!

U har bir o‘yinda o‘rtacha 1,4 gol urgan. Diario Sport jurnalistlari tomonidan tayyorlangan infografikani tomosha qiling:

Ko‘rib turganimizdek, yigitcha uchun eng omadli mavsum 2016/17 yilgi mavsum bo‘lib, u 79 ta gol urgan. Shuningdek 7 ga 7 bo‘lgan o‘yinlarda Lamin 151 ta uchrashuv o‘tkazib, 301 ta gol urdi.

2023 yilning aprel oyida yarim himoyachi "Barselona" safida debyut qildi. 15 yoshu 290 kunligida maydonga tushib, La Liga tarixidagi eng yosh "ko‘k-anorranglilap" futbolchisiga aylandi.

Kiritildi: 22:50, 08.09.2023.
O'qildi: 4872 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик