Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Germaniya so‘nggi 5 ta o‘yinning 4 tasida yengildi

Germaniya so‘nggi 5 ta o‘yinning 4 tasida yengildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Germaniya terma jamoasi qatorasiga 5ta o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti.

Bugun Xans-Diter Flik shogirdlari Yaponiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Germaniya terma jamoasi so‘nggi 5 uchrashuvning 4 tasida mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, bu davrda jamoa bir marta durang o‘ynadi. Bu o‘yinlarning umumiy hisobi 6:13. Ularning barchasi o‘rtoqlik maqomiga ega edi.

Avvalroq Germaniya futbol assosiasiyasi Flikga milliy terma jamoaning raqobatbardoshligini namoyish etish uchun ikkita o‘yin bergani – qoniqarsiz natijalar qayd etilgan taqdirda u ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Yaponiya bilan o‘yin ulardan birinchisi bo‘ldi.

12 sentyabr kuni Germaniya terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 05:17, 10.09.2023.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик